Ginnesning rekordlar kitobi özining ijtimoiy tarmoqlarida amerikalik juftlik - Layl va Eleonor Gittensning yutuğini qayd etdi.
Erkak va ayol rasman hozir yaşayotganlar orasida ham, butun kuzatuvlar tarixida ham eng keksa er-xotin deb tan olindi. Rekord örnatilgan vaqtda ularning umumiy yoşi 216 yoş-u 132 kun (Layl 108 yoşda, Eleonor 107 yoşda).
Şuningdek, Layl va Eleonor turmuş quriş davomiyligi böyiça rekord örnatdi - 83 yil. Rekordlar uzoq umr körişni örganiş böyiça xalqaro LongeviQuest taşkiloti tomonidan tasdiqlangan.
Layl va Eleonor 1941 yilda Atlanta (AQŞ) Klark universiteti basketbol öyinida tanişgan. Bir yildan söng, 1942 yilda, Laylning armiyaga çaqirilişi yaqinlaşayotganiga qaramay, ular turmuş qurdi. Töy 4 iyun kuni bölib ötdi - kelin-kuyovga harbiy tayyorgarlikdan atigi uç kunlik ta’til berildi.
Ikkinçi jahon uruşi paytida Layl Italiyada AQŞ armiyasining 92-piyoda diviziyasi tarkibida xizmat qildi. Eleonor birinçi farzandini kutayotganda Nyu-Yorkka köçib ötdi, samolyot qismlarini işlab çiqaruvçi kompaniyada işladi va eri bilan xat yozişdi.

Uruşdan keyin er-xotin Nyu-Yorkda örnaşib, uçta farzandni: öğli Layl Rojyers va qizlari Anjyela va Igneni tarbiyaladi.
Ikkalasi ham davlat xizmatida işladi va Eleonor 69 yoşida Fordham universitetida şahar ta’limi böyiça doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Sönggi yillarda er-xotin Mayamida qizi Anjyela bilan birga yaşayapti. Layl Nyu-Yorkni soğinganini tan oladi, lekin uning uçun eng muhimi – sevimli rafiqasining yonida böliş.
Bungaça nikoh davomiyligi böyiça rekordçilar braziliyalik 105 yoşli Manoel Anxelim Dino va 101 yoşli Mariya de Souza Dino bölgan edi. Ular 84 yil-u 77 kun birga yaşadi, ammo 2025 yil noyabrda Manoel ölimidan söng rekorddan mahrum böldi.

















