Alonsoning kursisi qimirlamoqda

«Real» – «Mançester Siti» 1:2
Gollar: Rodrigu, 28 (1:0). ÖRayli, 35 (1:1). Holand, 43 – penalti (1:2)
«Real»: Kurtua, Raul Asensio (Endrik, 79), Ryudiger, Karreras, Valverde, Tşuameni, Bellinghem, Sebalyos (Dias, 67), Vinisius Junior, Rodrigu, Garsiya (Arda Guler, 58)
«Mançester Siti»: Donnarumma, Ruben Diaş, Gvardiol, ÖRayli, Mateus Nunes, Gonsales, Foden (Reynders, 70), Bernardu Silva, Şerki (Marmuş, 70), Doku (Ake, 88), Holand (Savio, 70)
Ogohlantirişlar: Ryudiger, 43. Rodrigu, 87. Karreras, 88 – Foden, 11. ÖRayli, 76. Bernardu Silva, 90

«Real»da qulaşda davom etdi, bu safar jamoa öz uyida «Mançester Siti»ga yutqazdi – 1:2.

Habi Alonsoni töğri tuşuniş mumkin, hozirda «Real» mudofaasi ayançli körinişda qolgan – Militao, Hausen, Karvahal, Trent va Mendi jarohatlangan. Natijada Alonso markaziy himoyada Ryudigerga yoş Asensioni şerik qilib tuşirdi, zaxira örindiğida ötirgan Martines va Valdepenyas kabi futbolçilarni jamoa muxlislari ham tanimasdi. Hujumda esa bundan ham jiddiyroq yöqotiş bor edi, Kilian Mbappe öyindan bir kun oldin oyoğida oğriq his qildi va maşğulotlarni ham ötkazib yubordi, öyin kuni esa zaxira örindiğida qoldirildi. Uning örniga hujumda klublar örtasidagi jahon çempionatida porlagan, lekin şundan buyon öyin amaliyotiga ega bölmayotgan Gonsalo Garsiyani tuşirişga töğri keldi.

Şunga qaramay, mezbonlar öyinni hujumkor boşlagan va tezkor gol urişi mumkin edi. Öyinning 2-daqiqasidayoq boş hakam Kleman Tyurpen avvaliga mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi, ammo VAR uning xatosini tuzatdi: videotakrorda Mateuş Nuneş Vinisiusni jarima maydoni taşqarisida yiqitgani ma’lum böldi. Mezbonlar hujumkorlikni davom ettirişdi, 28-daqiqada esa «Siti»ga qarşi öyinlarda porlaydigan Rodrigo yana özini körsatdi.

Braziliyalik vinger bungaça qatorasiga 32 öyinda (mart oyidan buyon) gol ura olmagandi, lekin özi uçun sevimli bölgan raqibga qarşi öyinda bu seriyasini buzişga qaror qildi.

Ötkazib yuborilgan gol «Siti»ga ijobiy ta’sir körsatdi va darhol javob qaytarildi. Gol burçak zarbasidan keyin urildi: Gvardiol töp uçun kuraşda Bellinghemdan ustun keldi va boş bilan zarba yölladi, Kurtua töpni qaytardi, ammo töpga birinçi bölib ÖRayli yetib keldi.

43-daqiqada esa mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilandi: Antonio Ryudiger jarima maydoni içida Erling Holandni uşlab qoldi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlaşgan Erling zarbani aniq ijro etdi.