Toşkent şahar Olmazor tumani Soliq inspeksiyasining boş inspektorlari eşik va romlar işlab çiqaruvçi oilaviy korxonada tekşiruv ötkazib, göyoki korxona har oyda kam miqdorda soliq tölab kelayotganini bahona qilgan. Ular tölanmagan soliqlar uçun jarima qöllamaslik evaziga tadbirkordan 10 million söm talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida soliq inspektorlari söralgan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda ularga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.

















