«Liverpul» hujumçisi Muhammad Saloh ketma-ket uç öyinda zaxirada qolib ketganidan keyin norozi kayfiyatda şov-şuvli intervyu berdi. «Liverpul» uçun köp mehnat qilgani, lekin klub uni «avtobus tagiga taşlayotgani» haqida gapirdi. Quyida şu haqda.

«Meni muammo sifatida körsatişmoqçi»

APL 15-turida «Liverpul» «Lids» mehmoni böldi. Arne Slot jamoasi ikkinçi bölim boşida Ugo Ekitike urgan ikki gol evaziga bir qaraşda oson ğalabaga erişayotgandi, lekin 73 daqiqadan «otişma» boşlanib, «Liverpul» nazoratni boy berdi — 3:3. Öyindan keyin köpçilik nega Muhammad Saloh maydonga tuşmagani bilan qiziqdi, çunki hujumçi salomat zaxirada ötirgandi. Klub afsonasi şu kuni ketma-ket uçinçi öyinda zaxirada qolib ketdi, Slot uni bir daqiqa ham maydonga tuşirmadi. Va öyindan keyin miks-zonada Saloh «yorildi».

«Bölayotgan işlarni qabul qila olmayman. Klub uçun köp narsa qildim. Töğri, özimni boşqalardan katta deb hisoblamayman, lekin öz pozitsiyamda öynaş uçun doim kuraşişga majbur emasman, bu uçun yetarliça iş qilib qöyganman.

Kimdir meni hammasiga aybdordek körsatmoqçi, meni muammo deyişmoqçi. Murabbiy bilan munosabatimiz yaxşi edi, lekin endi heç qanday munosabat yöq. Nega bunday bölayotganini bilmayman, kimdir meni klubda körmoqçi emas.

Klub yozda köp va’dalar bergandi, lekin körib turibsizki uçta öyindan buyon zaxiradaman. Şunçaki va’dangizni bajaring, demoqçiman. Men «Liverpul»ni doim yaxşi körganman, bolalarim ham klubni yaxşi köradi. Klub uçun köp iş qildim, Premiyer-ligaga kelganimdan keyin hammadan köp gol urdim, özimni muammo deb hisoblamayman.

Boşqalar bilan bunaqa bölsa, uni qöllagan bölişardi, lekin men bilan bunday emas. Masalan, Hari Keyn önta öyinda gol urolmaganida ham mediada «Harri albatta gol uradi», deb çiqişgandi. Menga kelganda hamma «Muhammad zaxirada ötirişi kerak» demoqda. Harri, meni keçir. Ota-onamga «Brayton» bilan öyinga kelinglar, dedim. Men «Enfild»da muxlislar bilan xayrlaşib Afrika kubogiga ketmoqçiman, keyin nima bölişini bilmayman», dedi futbolçi.

Muammo nimada?

Aslida muammo «Liverpul»ning natijalarida, menimça. Ötgan yil Slot asosan Kloppdan qolgan jamoa bilan APLni yutdi, Yevropaning eng stabil jamoalaridan biriga aylandi, Muhammad Saloh esa juda zör mavsum ötkazib liganing eng yaxşi futbolçisi böldi. Yangi mavsum oldidan «Liverpul» juda zör transferlar qildi: Virs, Ekitike, Isaak kabi juda qimmatbaho futbolçilarni sotib oldi. Köpçilik bu «Liverpul» APL va Çempionlar Ligasini yutiş uçun asosiy da’vogar deya boşladi. Lekin Slot jamoasi mavsumni yomon ötkazmoqda: APLda öninçi örin, yangi öyinçilar deyarli özini körsata olmayapti, qöşimçasiga Saloh bilan boğliq muammo.