Ma’lum qilinishicha, fuqaro F.G. elchixonaga murojaat qilib, Vatanga qaytishda ko‘mak so‘ragan. Shundan so‘ng, unga yordam berish maqsadida tegishli hamkor tashkilotlar bilan bog‘lanilib, zarur choralar ko‘rilgan.
Vatandosh so‘zlariga ko‘ra, u joriy yil sentabr oyida mehnat qilish maqsadida Ozarboyjon hududi orqali Turkiyaga yo‘l olgan. Biroq, Turkiya chegara xizmati xodimlari uni mamlakatga kiritmagani sababli, u ortga qaytishga majbur bo‘lgan.
Elchixona tomonidan uning yurtga qaytishi uchun tegishli sertifikatlar berilib, Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan Boku–Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta sotib olishda ko‘maklashildi.

















