Viloyatlarda metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinça çeklovlar kiritila boşlandi. Bu haqda “Hududgaz”ning filiallari xabar qilmoqda.

Jumladan, Andijon viloyatida viloyat hokimligi bilan kelişilgan holda 143 ta avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari (AGTKŞ) faoliyati tonggi soat 5.00 dan keçki soat 17.00 ga qadar etib belgilandi. Bu zaruriy çoralar vaqtinça ekani va gaz bosimini me’yorga keltiriş böyiça amaliy işlar olib borilayotgani ma’lum qilingan.

Şu tartibda Navoiy viloyatida 51 ta metan zapravka faoliyati soat 6:00 dan 19:00 gaça, Xorazm viloyatida esa 94 ta AGTKŞ faoliyati soat 5:00 dan 17:00 gaça qilib belgilandi.

Avvalroq Energetika vazirligi metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinça çeklov kiritilişini bildirib, buni qöşni davlatdagi gaz tarmoğida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargani bilan izohlagandi.