Jahon avtosporti yulduzlari yilning eng yaxşilarini taqdirlaş marosimi uçun Toşkentga yiğildi. Nafaqat ularning özlari, balki çempionlik maşinalarining asl nusxalari ham poytaxtimizga olib kelindi. Kelgusida Formula 1 poygalarining ayrim bosqiçlariga Özbekiston ham mezbonlik qilişi mumkin.
Jahon avtosport hamjamiyatining e’tibori bu hafta Toşkentga qaratildi. 12 dekabr kuni bu yerda Formula 1 poygalari taşkilotçisi bölmiş Jahon Avtomobil Federatsiyasi – FIA'ning Boş Assambleyasi va FIA Awards tantanali taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Bu ikkala tadbir ham Markaziy Osiyoda birinçi marta ötkazildi. “Özbekiston” forumlar saroyida ötgan Boş Assambleyada 100 dan ortiq mamlakat vakillari qatnaşib, unda global avtosport siyosati va sohadagi qator masalalar muhokama qilindi.
“Humo” arenasida taşkil etilgan FIA Awards marosimida esa Formula 1, WRC, WEC, Formula E kabi yönalişlarda yilning eng yaxşi pilotlari va jamoalari taqdirlandi. Unda dunyoning taniqli yulduz poygaçilari, masalan Ferrari'ning monakolik maşhur piloti Şarl Lekler ham iştirok etdi. Taqdirlaş marosimi uçun 7 ta yönaliş böyiça çempionlik maşinalarining asl nusxalari ham Toşkentga olib kelingan.




Ma’lum bölişiça, Özbekiston hukumati Formula 1 poygalarining ayrim bosqiçlariga mezbonlik qiliş imkoniyatlarini örganmoqda va bunga tayyorgarlik boşlamoqçi. Bu masala FIA rahbarlarining Özbekiston prezidenti va boş vaziri bilan uçraşuvlarida asosiy mavzu bölgan.
Rasmiy xabarga köra, prezident Şavkat Mirziyoyev va FIA prezidenti Muhammad bin Sulaym örtasidagi uçraşuvda Özbekistonda avtomobil sportining kartingdan tortib, to Formula poygalarigaça bölgan barça yönalişlarini rivojlantiriş muhimligi qayd etilgan.



















