Moskva oblastining Odinsovo rayonida ösmir piçoq bilan maktabga kirib kelgan va öquvçilarga hujum qildi. Mahalliy telegram-kanallarga köra, hujum Gorki-2 posyolkasida joylaşgan Uspenskiy nomidagi umumta’lim maktabida röy bergan.
Tergov qömitasi ma’lum qilişiça, öquvçilardan biri hujum oqibatida halok bölgan. Moskva oblasti politsiyasiga köra, u maktabning törtinçi sinfida öquvçi 10 yoşli bola bölgan.
Hujum uyuştirgan ösmir qölga olingan. Telegram-kanallarda yozilişiça, u 15 yoşli Timofey K. bölib, şu maktabning 9-sinfi öquvçisi hisoblanadi. «Baza» naşri yozişiça, u qotillikdan keyin öz qurbonining jasadi fonida selfi olgan.

Telegram-kanallarga köra, Timofey No Lives Matter («Heç kimning hayoti ahamiyatga ega emas») yozuvi tuşirilgan futbolkada bölgan – irqçilar bu şiorni Black Lives Matter şioriga javoban öylab topişgan. Bundan taşqari, uşbu ösmirning boşida amerikalik neonatsist, 2015 yilda Çarlston şahridagi çerkovda töqqiz nafar qora tanlini öldirgan Dilan Rufdan iqtiboslar yozilgan şlem bölgan. Şlemdagi ibora şunday körinişda: «Buni men qilişimga töğri keldi, çunki kimdir nimadir qilişi kerak edi». «Ostorojno, novosti» qayd etişiça, bu iqtibosning davomi quyidagiça: «Çunki, bilasizki, qora tanlilar har kuni köçalarda oq tanlilarni öldirmoqda».

Uşbu ösmir öz hujumini videoga olgan. Kadrda u öqituvçi bilan turgan öquvçilar guruhi oldiga borgani va ulardan qaysi millatdan ekanini söragani aks etgan. Şu paytda ortdan maktab qöriqçisi yaqinlaşib kelgan, Timofey esa unga avvaliga qalampirli ballon bilan hujum qilgan, piçoq bilan bir marta zarba bergan, keyin esa öquvçilarga qarab yugurgan. Ulardan biriga yetib olib, turli joylariga bir neça marta piçoq sançgan. Mash telegram-kanali yozişiça, u bu holat aks etgan videoni özining şaxsiy telegram-kanaliga joylaştirgan.
Xabarlarga köra, marhumning ismi Qobiljon bölib, u tojik millatiga mansub bölgan.
«Ostorojno, novosti» tomonidan e’lon qilingan yana bir videoda, Timofey sinfxonalardan biriga kirgan va «özi ismini eslay olmagan, qoramtir» öqituvçi bugun maktabga kelgan-kelmaganini söragan. Xonadagi öqituvçi inkor ma’nosida javob qaytargan va aynan kimni izlayotganini söragan, keyin esa uni navbatçi va qöriqçining oldiga olib borişga uringan. «Men baribir umrbod qamoqda ötiraman», – deya javob qaytargan ösmir. Öqituvçining «nima qilayotgani» haqidagi keyingi savoliga şunday javob bergan: «Vikipediyada öqiysiz».












