Qozoğiston dekabr oyida Qirğizistonga neft yetkazib berişni köpaytirdi, Özbekistonga tranzitni tikladi, deb xabar berdi «KazTransOyl» davlat kompaniyasi.

Qozoğiston joriy yil noyabr oyida Qirğizistonga neft yetkazib berişni qayta tiklagan edi, avvalgi ta’minot 2017 yilda amalga oşirilgan.

«2025 yil oxirigaça KTO Qirğizistonga 30 ming tonnagaça neft jönatadi. Joriy yil dekabr oyida Özbekistonga 35 ming tonnagaça neft tranziti rejalaştirilgan. Ikkala yönalişga neft yetkazib berişning umumiy hajmi 65 ming tonnagaça, şundan joriy oyda 55 ming tonnagaça böladi», deyiladi kompaniya xabarida.

Barça yönalişlar böyiça neftni taşiş magistral neft quvurlari tizimi orqali Şağir KTO neft quyiş punktigaça amalga oşiriladi, u yerda neft temiryöl sisternalariga quyiladi.