Mutaxassislar tuşuntirişiça, sovuq havo şaroitida atmosfera ziçlaşadi va inversiya hodisasi kuzatiladi. Bunday paytda havodagi ifloslantiruvçi moddalar yuqoriga kötarilib tarqalmaydi, aksinça yerga yaqin qatlamda yiğilib qoladi. Natijada mayda dispers zarraçalar — PM2,5 miqdori oşişi ehtimoli paydo böladi.

Şu sababli qor yoğayotgan kunlari ham havo sifati yomonlaşişi mumkinligini inobatga oliş, ehtiyot çoralariga amal qiliş va havo sifati körsatkiçlarini muntazam kuzatib boriş tavsiya etildi.

Şuningdek, ayni damda respublika böylab datçiklar va stansiyalar ma’lumotlari texnik sabablarga köra IQAir portalida aks etmayotgani ma’lum qilindi. Özgidrometning respublika böylab örnatilgan 23 ta stansiya ma’lumotlarini real vaqt rejimida quyidagi manzil orqali onlayn kuzatiş mumkin: https://monitoring.meteo.uz/uz.