Tojikiston Taşqi işlar vazirligi Moskva çekkasidagi Odinsovo rayoni Gorki-2 posyolkasida joylaşgan maktabda törtinçi sinf öquvçisi Qobiljon Aliyev öldirilişini «qat’iy qoraladi».
Tojikiston TIV öz bayonotida öldirilgan 10 yoşli bola Qobiljon Aliyev asli tojikistonlik bölganini tasdiqlagan.
«Bu hodisa Tojikiston elçixonasi tomonidan qat’iy nazoratga olindi. Rossiya Taşqi işlar vazirligiga rasmiy xat yuborilgan. Elçixona doimiy ravişda marhumning onasi bilan boğlanib turibdi», – deyilgan vazirlik xabarida.
Vazirlik uşbu hujum «millatga nafrat asosida» sodir etilganini qayd etgan.
«Tojikiston Taşqi işlar vazirligi 2025 yil 16 dekabrda Moskva oblastidagi Gorki-2 aholi yaşaş punktidagi Uspenskiy örta maktabining 4-sinf öquvçisi, Tojikiston fuqarosi Qobiljon Aliyevga qarşi sodir etilgan va uning ölimiga olib kelgan milliy nafrat asosida qilingan hujumni qat’iyan qoralaydi», – deyiladi Tojikiston Taşqi işlar vazirligi xabarida.
Rossiyaning Tojikistondagi elçisi Semyon Grigorev Tojikiston Taşqi işlar vazirligiga çaqirtirilgan. Unga «Rossiya tomonidan uşbu fojiali hodisani zudlik bilan, xolis va beğaraz tergov qiliş hamda barça aloqador şaxslarni qonunning butun qat’iyligi böyiça javobgarlikka tortiş talabi bilan» nota topşirilgan.
Tojikistonning Rossiyadagi elçixonasiga marhumning qarindoşlari va yaqinlari bilan doimiy aloqada böliş, şuningdek, uşbu masalani öz nazoratiga oliş vazifasi qöyilgan.
Rossiya TIV rasmiysi Mariya Zaxarova TASS muxbiri bilan suhbatda idora Moskva oblastidagi uşbu qotillik yuzasidan Tojikistonga hamdardlik bildirganini ma’lum qilgan.
Uning sözlariga köra, vazirlik Tojikiston elçixonasiga öz yordamini taklif qilgan.
- 16 dekabr kuni 15 yoşli Timofey K. maktabga piçoq kötarib kelib, qöriqçi va öquvçilardan biriga hujum qilgandi. Jabrlanuvçilardan biri, törtinçi sinf öquvçisi olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Hujum qilgan ösmir qölga olingan. Telegram-kanallarda yozişlariça, uşbu ösmirning boşida amerikalik neonatsist, 2014 yilda Çarlston şahridagi çerkovda töqqiz nafar qora tanlini öldirgan Dilan Rufdan iqtiboslar yozilgan şlem bölgan. U öz hujumini videoga olgan. Kadrlarda u öqituvçisi bilan turgan bir guruh öquvçilarga yaqinlaşgani va ulardan qaysi millatga mansubligini söragani aks etgan.












