Suriyaning sobiq prezidenti, bir yildan buyon Moskvada yaşayotgan Başar Asad yana tibbiyot bilan şuğullanmoqda. Bu haqda The Guardian naşri Rossiya va Suriyadagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Asadlar oilasiga yaqin bölgan şaxsning jurnalistlarga aytib berişiça, sobiq prezident oftalmologiya böyiça darslarga qatnamoqda. «U pulga muhtojligidan bunga qöl urayotgani yöq, u bu sohaga mehr qöygan. Suriyadagi uruşdan oldin ham u Damaşqda muntazam tarzda oftalmologiya bilan şuğullanar edi», – deya qayd etgan u. The Guardian suhbatdoşining sözlariga köra, Başar Asad rus tilini ham katta iştiyoq bilan örganmoqda.
Naşr maqolasida yozilişiça, Asadlar oilasi haşamat içida hayot keçirmoqda, ammo uning özi ihotalangan – unga Suriya yoki Rossiya elitasi vakillari bilan aloqa örnatişiga ruxsat yöq. «Uning taşqi dunyo bilan aloqasi juda kam, agar şu ham bor bölsa», – deydi Asadlar dösti va u «faqat bir neça kişi» bilan gaplaşişini aytadi. Bunday odamlar orasida prezident işlari böyiça sobiq vazir Mansur Azzam va sobiq iqtisodiy maslahatçisi Yassar Ibrohim bor.
Kremlga yaqin bölgan manbaning naşrga aytişiça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Asadni endi muhim figura deb hisoblamaydi, çunki «hokimiyatdan mahrum bölgan yetakçilarga uning toqati yöq». Moskvada suriyalik sobiq diktatorni endi nufuzli şaxs sifatida ham, hatto «keçki ovqatga taklif qiliş mumkin bölgan qiziqarli mehmon» sifatida ham körişmayapti.
Sönggi vaqtlarda Asadlar oilasi vakili faqat bir marta ommaga köriniş berdi, şu yil yozida uning qizi – 22 yoşli Zeyn Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini (MGIMO) tamomlagan va bitiruv marosimida qatnaşgandi. U yerda sobiq diktatorning rafiqasi Asma va uning ikki öğli – 24 yoşli Hafiz va 21 yoşli Karim ham bor edi. Oila a’zolari e’tibor jalb qilmaslikka harakat qilişgan, talabalardan biri bu borada şunday deydi: «Oila uzoq vaqt qolmadi va boşqa oilalar kabi Zayn bilan sahnada suratga tuşmadi».
Asadning farzandlari Birlaşgan Arab Amirliklariga tez-tez taşrif buyurişadi. Ta’kidlanişiça, oila hokimiyat tepasida bölgan davrda ham BAA ularning sevimli dam oliş maskani bölgan. Avvaliga Asadlar BAAga doimiy yaşaş uçun köçib ötişga umid qilişgan, çunki bolalar Moskvada moslaşişda qiyinçiliklarga duç kelişgan, ammo bu rejalardan voz keçişga töğri kelgan. The Guardian qayd etişiça, uşbu mamlakat rasmiylari jamoatçilik fikri haqida unçalik qayğurmasa-da, Suriya sobiq diktatorini qabul qiliş «hatto BAA uçun ham noqulay bölardi».


















