Qarorda qayd etilişiça, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar (BAA) kompaniyasi örtasida mazkur loyiha doirasida investitsiya şartnomasi imzolangan.
Hujjatga muvofiq, investor özining uşbu loyiha böyiça huquq va majburiyatlaridan özi tomonidan taşkil etiladigan loyiha kompaniyasi foydasiga voz keçadi. Loyiha kompaniyasi esa elektr energiyasini saqlaş tizimining foydalanişga kafolatlangan tarzda tayyor turişini ta’minlaş majburiyatini öz zimmasiga oladi.
Şuningdek, loyiha doirasida energiya saqlaş tizimini yagona elektr energiyasi tarmoğiga ulaş maqsadida loyiha kompaniyasi tomonidan elektr uzatiş tarmoqlari va podstansiya qurilişi nazarda tutilgan. Uşbu obektlar işga tuşirilgandan söng, ular “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topşirilişi belgilangan.
Qayd etilişiça, elektr uzatiş tarmoqlari va podstansiya quriş uçun loyiha kompaniyasi tomonidan amalga oşirilgan xarajatlar elektr energiyasi tarifi tarkibida közda tutiladi.
















