Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xizmatlar sohasida eng yuqori o‘sish moliyaviy xizmatlarda kuzatildi
2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 818,5 trln so‘mni tashkil etgan. Xizmat turlari kesimida esa eng yuqori o‘sish moliyaviy xizmatlarda qayd etildi - 124,5 foiz.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shu davr mobaynida xizmatlar sohasida bir qator yo‘nalishlarda barqaror o‘sish dinamikasi kuzatilgan. Xususan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 119,6 foizni, ijara xizmatlari 119,4 foizni tashkil etgan. Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar 115,4 foizga, me’morchilik va muhandislik xizmatlari 114,6 foizga o‘sgan.
Shuningdek, transport xizmatlari 113,4 foizga, savdo xizmatlari 113,0 foizga oshgan. Boshqa xizmatlar 112,9 foizni, kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari 112,4 foizni tashkil etgan. Shaxsiy xizmatlar 111,6 foizga, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 111,4 foizga o‘sgan.
Qayd etilishicha, yashash va ovqatlanish xizmatlari 108,8 foiz o‘sishni ko‘rsatgan bo‘lsa, ta’lim sohasidagi xizmatlar 106,8 foizni tashkil etgan.
Keltirilgan ko‘rsatkichlar xizmatlar bozorida moliya, axborot-kommunikatsiya va ijara kabi segmentlarda faollik yuqori ekanini, shu bilan birga ijtimoiy ahamiyatga ega yo‘nalishlarda ham o‘sish davom etayotganini ko‘rsatadi.