Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha, 34-sonli «Chilonzor metrosi – Shifokorlar shaharchasi» avtobus yo‘nalishida harakat sxemasi qayta ko‘rib chiqildi.
Endilikda avtobuslar Shifokorlar shaharchasidan harakatni boshlaganda quyidagi tartibda yo‘naltiriladi:
Qamarniso ko‘chasi orqali Toshkent halqa avtomobil yo‘liga chiqadi;
halqa yo‘lida ortga qayrilib, Onkologiya markazi bekatini qamrab oladi;
shundan so‘ng Qamarniso ko‘chasi bo‘ylab o‘z harakatini davom ettiradi.
Mutasaddilar yo‘lovchilardan yangilangan harakat sxemasini inobatga olgan holda safarlarni rejalashtirishni so‘ramoqda.
















