Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Donbassdan ukrain qo‘shinlari olib chiqib ketilishi shartini aytdi
Avvalroq Zelenskiy Donbassning Kiyev nazorati ostidagi qismidan qo‘shinlarni olib chiqish masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazilishi mumkinligini aytgandi.
Ukraina qurolli kuchlari Donbassdan chiqib ketishi uchun Rossiya tomonidan ham xuddi shunday harakat bo‘lishi shart, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Bu haqda «Novini.LIVE» xabar berdi.
«Agar qayerdandir qo‘shinlar chiqib ketishini istasangiz, u holda har doim bir xil harakat qilinadi. Biz 5 km ga uzoqlashsak, ular ham 5 km ga uzoqlashadi. Biz 10 km ga, ular ham 10 km ga. Shundagina demilitarizatsiya hududi bo‘ladi», — dedi Zelenskiy.
Uning fikricha, «eng to‘g‘ri yo‘l — qayerda turgan bo‘lsak, o‘sha yerda turish».
Avvalroq Zelenskiy Donbassning Kiyev nazorati ostidagi qismidan qo‘shinlarni olib chiqish masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazilishi mumkinligini aytgandi. Politico nashri suhbatlashgan ukrain deputatlari mamlakat parlamenti qo‘shinlarni olib chiqish taklifini ma’qullamasligini bildirishgan.
Kreml Donbassdan Rossiya qo‘shinlari olib chiqib ketilishi mumkinligini istisno qilmadi.
«Lekin Rosgvardiya, bizning politsiyamiz, tartibni nazorat qilish uchun kerak bo‘ladigan hamma narsa bo‘ladi», — dedi Rossiya prezidentning yordamchisi Yuriy Ushakov.
Uning ta’kidlashicha, o‘t ochish faqat Donbassdan ukrain qo‘shinlari olib chiqib ketilganidan keyingina to‘xtatiladi, hudud esa ertami-kechmi to‘liq Rossiya nazoratiga o‘tadi.
Mavzuga oid
09:24
Zelenskiy Polshaning eng oliy ordenidan mahrum etildi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
14:46 / 18.06.2026
Moskva yana zarba ostida. Ukraina mingga yaqin dron uchirgan
22:31 / 16.06.2026