Jahon bozorida oltin narxi tarixda ilk bor bir unsiyasi uçun 4400 dollardan oşdi. Ayni paytda narxlar 4412 dollarni taşkil etyapti. Yil boşidan beri qimmatbaho metall qariyb 65 foizga qimmatladi.

Narxlarning joriy oşişi bir qator omillar bilan izohlanyapti:

  • AQŞ Federal zaxira tizimi(FZT) asosiy foiz stavkasini 25 bazaviy punktga pasaytirişi;
  • dollar kursining zaiflaşuvi;
  • ösiş impulsining kumuşdan oltinga «ötişi».

Jahon Oltin kengaşining qayd etişiça, joriy yilda oltin bilan ta’minlangan birja fondlaridagi aktivlar hajmi may oyidan taşqari har oy oşib borgan.

Deutche Bank tahlilçilariga köra, kelasi yilda oltin narxi 1 unsiya uçun 3950–4950 dollar oraliğida tebranadi. Bunga investitsiya oqimlarining barqarorlaşuvi, markaziy banklar tomonidan oltinga bölgan barqaror talab hamda birja fondlariga yönaltiriladigan mablağlar oqimi sabab böladi. Bank 2027 yilda oltin narxi 5150 dollargaça kötarilişini prognoz qilyapti.

Ayni paytda Özbekiston Markaziy banki tomonidan oltin quymalarining joriy narxlari quyidagiça belgilangan:

  • 5 grammli quyma 8,7 million söm;
  • 10 grammli quyma 17,4 million söm;
  • 20 grammli quyma 34,9 million söm;
  • 50 grammli quyma e 87,2 million söm;
  • 100 grammli quyma esa 174,3 million söm.