Vladimir Putin MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammiti doirasida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan alohida uçraşdi va unga Moskva yaqinidagi maktabda 10 yoşli Qobiljon Aliyevning öldirilgani yuzasidan hamdardlik bildirdi.
«Ikki tomonlama uçraşuvimizni sizga va bir neça kun oldin halok bölgan tojikistonlik bolaning oila a’zolariga samimiy hamdardlik sözlari bilan boşlamoqçiman. Bolalarga nisbatan terakt sodir etilişi – jirkanç jinoyatdir. Şak-şubhasiz, tergov oxiriga yetkaziladi va aybdorlar, agar ular bir neça kişi bölsa, albatta, töliq jazoga tortiladi. Yana bir bor takrorlayman: bu jinoyat meni dahşatga soldi.
Yuqorida aytganimdek, bu kabi jinoyatlar umuman tuşuniş çegarasidan çiqadi, agar bunday teraktlar bolalarga nisbatan sodir etilsa, bu boşqaça his-tuyğularni uyğotadi.
Halok bölgan bolaning oila a’zolariga samimiy hamdardlik sözlarini yetkazişingizni sörayman», – deya Putinning sözlarini keltiradi Kreml sayti.
16 dekabr kuni töqqizinçi sinf öquvçisi Timofey K. Moskva oblasti Odinsovo rayoni Gorki-2 posyolkasidagi özi öqiydigan maktabga piçoq kötargan holda keldi va öquvçilarga hujum uyuştirdi. U maktab qöriqçisini yaralagan va 10 yoşli Qobiljon Aliyevni öldirgan. Timofey K. özi tomonidan olingan videoda öquvçilardan qaysi millatdan ekanini söragani aks etgan. Uning egnida ommaviy qotilliklarga işora qiluvçi yozuvlar aks etgan ekipirovka bölgan. Unga nisbatan qotillik va suiqasd böyiça ayblovlar qöyilgan. Sud uni ikki oy muddatga hibsga olgan.












