Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba: qurbonlar bor, uch oblast elektrdan uzildi
Ukrainaning ko‘plab hududlari seshanbaga o‘tar kechasi Rossiya dronlari va raketalari hujumiga uchradi. Rasmiylarga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lgan, bir necha oblastda energetika infratuzilmasi shikastlangan.
Foto: Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiylar tunda raketa va dronlar qo‘llagan holda Ukrainani o‘qqa tutdi. Jami o‘ndan ortiq region zarba ostida qolgan. Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlariga ko‘ra, hujumda turli tipdagi 635 ta dron, X-101 va «Iskander-K» rusumli 35 ta qanotli raketa, shuningdek uchta «Kinjal» raketasi qo‘llangan. Mamlakat bo‘ylab jami 30 ta nuqtada qurollar nishonga tekkan.
Hujumning asosiy nishoni mamlakat energiya tizimi bo‘lgan. Ukraina energetika vazirligi bu 2025 yil boshidan buyon to‘qqizinchi shunday keng ko‘lamli hujum bo‘lganini xabar qilgan.
Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko g‘arbiy oblastlardagi energetika obektlari ko‘proq zarar ko‘rganini ma’lum qilgan.
Energetika vazirligiga ko‘ra, hujum oqibatida Roven, Ternopol va Xmelnitskaya oblastlari deyarli to‘liq elektrdan uzilgan. Shuningdek, Vinnitsa, Odessa, Chernihiv, Jitomir, Donetsk, Dnipropetrovsk va Xarkiv oblastlaridagi iste’molchilarning bir qismi ham elektr ta’minotisiz qolgan. Butun mamlakat bo‘ylab, hatto hujumga uchramagan regionlarda ham elektrni rejali o‘chirish joriy etilgan.
Hududiy rasmiylarning hisobotlariga ko‘ra, kamida uch kishi halok bo‘lgan.
- Kiyevda dron parchalari tushishi oqibatida besh qavatli uy shikastlangan, besh kishi jarohatlangan;
- Kiyev oblastida bir ayol halok bo‘lgan, yana uch kishi yaralangan;
- Jitomir oblastida turar joy binolari va do‘kon shikastlangan, 2021 yilda tug‘ilgan bola halok bo‘lgan, yana besh kishi jabrlangan;
- Xmelnitskaya oblastining Shepetovka shahrida ketma-ket yong‘inlar yuzaga kelgan, bir kishi halok bo‘lgan.
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yana bir bor jahon hamjamiyatini Rossiyaga bosimni kuchaytirishga chaqirdi.
Rossiyaning bu zarbasi Rossiyaning ustuvorliklari haqida juda aniq signal beradi. Rojdestvo arafasidagi zarba, odamlar shunchaki qarindoshlari bilan, uyda, xavfsizlikda bo‘lishni xohlashadi. Bu amalda urushni yakunlash uchun olib borilayotgan muzokaralarning avj pallasida berilgan zarba bo‘ldi.
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya mudofaa vazirligi yopirilma havo hujumi uyushtirilganini tasdiqladi. Vazirlik versiyasiga ko‘ra, bu «yuqori aniqlikdagi qurollar bilan berilgan zarba» bo‘lib, uning maqsadlari harbiy-sanoat kompleksi korxonalari va ularning faoliyatini ta’minlovchi energetika obektlari bo‘lgan.
State Emergency Service of Ukraine
Bu Rossiya armiyasining dekabr oyi boshidan beri kamida to‘rtinchi yopirilma hujumi bo‘lib, bu hujumlarning barchasi Ukraina energetika tizimiga qarshi qaratilgan. 6 dekabrda olti, 13 dekabrda to‘qqiz hudud zarba ostida qolgandi. 18 dekabr kuni esa beshta oblast bo‘ylab zarbalar berilgan, natijada 180 mingdan ortiq uylar elektrsiz qolgandi.
State Emergency Service of Ukraine
Mavzuga oid
11:21
Ukraina Polshaga Rossiyalik arxeologni topshirishni so‘rab murojaat qildi
10:23
Ukraina Donetsk viloyatidagi Seversk shahrini tark etganini tasdiqladi
13:21 / 23.12.2025
NATO bosh kotibi Ryutte Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
11:03 / 23.12.2025