Mazkur kelishuv JICA va Ipak Yuli Bank o‘rtasidagi birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit hamkorligi bo‘lib, xalqaro moliya institutining bankning moliyaviy barqarorligi, korporativ boshqaruv standartlari hamda mamlakatda xususiy sektor va tadbirkorlikni rivojlantirishdagi strategik roliga bo‘lgan yuqori ishonchini aks ettiradi.
Biznesni kengaytirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun havola orqali o‘ting.

Jalb qilingan mablag‘lar mikro, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishni kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, iqtisodiy diversifikatsiya va barqaror o‘sishni ta’minlash, shuningdek, yetarli darajada qamrab olinmagan aholi qatlamlari orasida moliyaviy inklyuziyani oshirishga yo‘naltiriladi.
Bitim imzolanishi munosabati bilan Ipak Yuli Bank Boshqaruvi Raisi Saidabror Saydahmedov quyidagilarni ta’kidladi: «JICA bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit moliyalashtirishni jalb etish orqali xalqaro hamkorlarimiz tarmog‘ini kengaytirayotganimizdan mamnunmiz. Ushbu mablag‘lar butun mamlakat bo‘ylab mikro, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa, ayollar va yosh tadbirkorlarni moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratamiz, bu esa inklyuziv va barqaror iqtisodiy rivojlanishga bo‘lgan sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaydi. JICA bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga umid qilamiz».

O‘z navbatida, JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Bito Yoshibumi shunday dedi: «Ipak Yuli Bank’iga kuchli qo‘llab-quvvatlash va samarali hamkorlik uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ushbu bitim Yaponiyada ham, O‘zbekistonda ham katta qiziqish uyg‘otganidan mamnunmiz. JICA krediti IFC krediti bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ustuvor yo‘nalishlariga to‘liq mos keladi va muhim masalalarni hal etishga xizmat qiladi. Mazkur kelishuv yaqinda Yaponiyada bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Yaponiya” sammitida ham eslab o‘tildi».















