23 dekabr kuni AQŞning TechCrunch naşri kiberxavfsizlik nuqsoni tufayli Özbekistondagi yöl hodisalari, insonlar yuzi va avtomobil raqamlarini kuzatiş tizimining yuzlab kameralari internetda oçiq qoldirilgani haqida yozgandi.
24 dekabr kuni IIV JXD Yöl harakati xavfsizligi xizmati bölim boşliği podpolkovnik Suxrob Tursunov OAV vakillari bilan uçraşuvda holat yuzasidan izoh berdi.
U taşqi manbalar Özbekistondagi transport vositalarining harakatini onlayn kuzatişi, şaxsiy ma’lumotlar oçiq turişi va tizimda zaiflik borligi haqidagi xabarlar haqiqatga töğri kelmasligini ta’kidladi. Kun.uz muxbiri IIV rasmiysining izohlarini qisqa şaklda keltirib ötadi.
«Ular kameralarni jonli körişga ruxsat olmagan»
«Biz nafaqat Xitoy, balki Belarus, Rossiya kabi boşqa davlatlardan olingan 10 dan ortiq tizimdan foydalanamiz. Bu tizim ma’lumotlari Özbekistonda saqlanadi va unga çetdan kirişning imkoni bölmaydi.
Bu tizimlarni işga tuşirişdan oldin, Kiberxavfsizlik markazi 3 bosqiçli sinov va ekspertizadan ötkazadi. Şundan söng tizimga muvofiqlik sertifikati beriladi. Keyin biz sinovdan ötkazamiz va amaliyotda qöllaşni boşlaymiz.
Xullas, yöllardagi harakatni jonli kuzatiş va qayd etiş tizimi alohida yopiq serverda joylaşgan. Bu tizimga heç kim kirmagan. Fuqarolar qayd etgan qoidabuzarligi videolarini qirqib olib, özlariga körsatadigan cloud serverlari esa boşqa narsa. U orqali kameralarni jonli kuzatib bölmaydi.
Maqolada aytilgan holatda ular sinov jarayonidagi ayrim qurilmalarimizda qayd etilgan qoidabuzarliklar yozilgan sinov serverlarimizga kirgan. Bu serverlar oçiq bölgan, çunki ularda şaxsiy ma’lumotlar yöq».
Qoidabuzarliklar videosi uçun va alohida sinov serverlari haqida
«Masalan, biz rasmiylaştirilgan ma’muriy bayonnomadagi QR-kod orqali qoidabuzarlik videolarini köriş imkoniga ega bölamiz. Bu qoidabuzarlik videolari bizning alohida serverimizda şakllanadi. Bunga login va parol bilan kirib köriş qöşimça murakkabliklar keltirib çiqaradi va zarurati yöq.
Yuqoridagi saytda çiqib ketgan rasmlar esa, sinov tariqasida oçilgan serverlarimizdan olingan. Bu sinov serverlarida har bir kamerani yoki yangi turdagi qoidabuzarliklarni yozib olişni tekşirib köramiz. Sinov paytida bu qoidabuzarliklar uçun bayonnoma tuzilmaydi.













