Prezidentning sözlariga köra, sönggi töqqiz yilda mamlakat katta taraqqiyot yölini bosib ötdi: iqtisodiyot qayta şakllandi, bozor munosabatlari rivojlantirildi, ijtimoiy himoya kengaytirildi, qonun ustuvorligi mustahkamlandi.
«Sönggi töqqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yölini bosib ötdik. Iqtisodiyotimiz yangidan şakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik. Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda. Bir söz bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirişni örgandik», — dedi davlat rahbari.
Şuningdek, prezident islohotlar natijasini şahar va qişloqlarning tobora yangiça qiyofa kasb etişi, zamonaviy korxonalar, savdo-servis maskanlari, maktab, boğça va şifoxonalar, obod köça va mahallalar, transport-logistika tizimi hamda raqamli xizmatlar misolida köriş mumkinligini qayd etdi.

















