Qamchiq dovonida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan haydovchi YPX xodimlari tomonidan to‘xtatildi. To‘xtatish jarayonida uning sog‘lig‘i yomonlashgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirtirilib, haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda u shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda uning ahvoli tibbiyot xodimlari nazoratida ekani bildirildi.

Shu munosabat bilan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati barcha haydovchilarni betob holda transport vositasini boshqarmaslikka chaqirdi. Qayd etilishicha, bu nafaqat haydovchining, balki boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining hayoti va xavfsizligi uchun ham juda muhimdir.