Ukrainada saylovlarni ötkaziş uçun moliyaviy resurslar yöq, dedi mamlakat prezidenti ofisi maslahatçisi Mixail Podolyak Novini.LIVE naşriga bergan intervyusida.
«Obektiv ravişda biz buni [saylovlarni taşkil etişni] eplolmaymiz, çunki bizda defitsitli budjet bor», dedi u.
10 dekabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2026 yilgi budjet töğrisidagi qonunni imzoladi, unda 2,918 trillion grivna miqdoridagi daromadlar va 4,781 trillion grivna miqdoridagi xarajatlar közda tutilgan. Budjet taqçilligi taxminan 1,863 trillion grivnani (47,5 milliard dollar) taşkil etadi.
Podolyak sözlariga köra, hozirda budjetning ustuvor yönalişlari – harbiy soha va uy xöjaliklari uçun iqtisodiy yöqotişlarini qoplaydigan ijtimoiy dasturlar.
Podolyak xorijda bölgan 6-8 mln ukrainalikning saylovda iştirok etişi masalasi bilan maxsus işçi guruh şuğullanişi kerakligini ta’kidladi. Ehtimoliy saylovlar narxini parlamentdagi işçi komissiya hisoblab çiqişi kerak, deb qöşimça qildi u.
Ukraina MSK raisi örinbosari Sergey Dubovikning 20 dekabr kuni ma’lum qilişiça, 2019 yildagi sönggi prezidentlik saylovlari budjetga qariyb 2 mlrd grivnaga tuşgan, biroq hozirgi şaroitda va inflatsiyani hisobga olgan holda birinçi tur 4-5 mlrd grivnaga (94,8-118 mln dollar), ikkinçi tur ötkazilganda esa 6,5-7 mlrd grivnaga (154-166 mln dollar) tuşadi.
«Mahalliy hokimiyat organlari xarajatlarini hisobga olgan holda, agar biz saylovlarning har uç turi haqida gapiradigan bölsak, bu taxminan 20 mlrd grn (472 mln dollar)», dedi u.
Ukrainada prezidentlik saylovi 2024 yil mart oyida bölib ötişi kerak edi, biroq mamlakatdagi harbiy holat tufayli noma’lum muddatga qoldirildi. Zelenskiyning ta’kidlaşiça, davlat saylovlarga texnik jihatdan tayyor, biroq ular faqat öt oçişni töxtatgandan keyin yoki haqiqiy xavfsizlik kafolatlari mavjud bölgandagina ötkazilişi mumkin. Uning sözlariga köra, agar şunday qöllab-quvvatlansa, saylov jarayonini 60-90 kun içida taşkil etiş mumkin böladi.

















