Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Ukraina mojarosini hal qilişda deyarli qatnaşmayapti, dedi AQŞ prezidenti Donald Tramp.
"BMT hozirda Rossiya va Ukraina orasida sodir bölayotgan falokatni bartaraf qilişga juda kam hissa qöşdi", — deb yozdi Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
Amerika yetakçisining sözlariga köra, tinçlik örnatiş borasida mazkur butunjahon taşkilotining vazifasini AQŞ bajarmoqda.
"Oxirgi 11 oy içida men töxtatgan sakkizta uruş va nizolar bois ehtimol AQŞ haqiqiy Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga aylandi. BMT butun dunyoda tinçlik örnatişda faol bölişi kerak", - deya qöşimça qildi u.
28 dekabr kuni Tramp Floridada Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşadi.












