Oltin 1979 yildan keyingi eng katta yillik narx oşişiga erişdi va bu Özbekiston iqtisodiy hayotining joriy yilgi mundarijasini belgilab berdi. Xususan, söm dollarga nisbatan hayratlanarli darajada mustahkamlandi. Şuningdek, 2025 yil 1 may sanasi yangi proteksionistik çoralar bilan tarixga kirdi: utilyiğim karrasiga qimmatlaşdi, bojsiz tovar olib kiriş limiti kamaydi.

2025 yil Özbekiston iqtisodiy hayotida muhim voqealarga boy böldi. Yalpi içki mahsulotning ösişi 7 foizni taşkil etib, yil yakuni böyiça 145 mlrd dollarga yetişi kutilyapti. Kambağallik darajasi yil boşidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga, işsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tuşdi. Inflatsiya 7,3 foizgaça pasayişi mumkin. Kun.uz yakunlanayotgan yilda Özbekiston iqtisodiyotida yuz bergan asosiy tendensiyalarga e’tibor qaratadi.

Söm mustahkamlanişi

Özbek sömi yilni dollarga nisbatan 6,8 foizlik mustahkamlaniş bilan yakunlayapti. Yil boşida dollarning kötarilmasdan, aksinça pasayişini tasavvur qiliş juda qiyin edi. Çunki yillar davomida dollar doimo ösadi, arzonlaşmaydi degan qaraş şakllangan edi. Fevral oyida kurs birinçi marta 13 ming sömdan oşgandi ham. Ammo, ma’lum bir iqtisodiy şart-şaroitlarda eng qudratli valutalar ham öz qiymatini yöqotişiga guvoh böldik.

Yil davomida söm kursining mustahkamlanişiga pul ötkazmalari oqimining köpayişi, töğridan töğri xorijiy investitsiyalarning oşişi, asosiy hamkor davlatlar milliy valutalarining barqarorlaşişi va oltin narxining qimmatlaşişi fonida eksportning ösişi va savdo taqçilligining qisqarişi kabi omillar ta’sir qildi. Öz navbatida, çegaradan bojsiz olib kiriş limitlarining kamaytirilişi – valuta kirimi va çiqimi örtasidagi farqni yanada kengaytirişga xizmat qildi.

Sömning mustahkamlanişi fonida Özbekiston iqtisodiyotidagi dollarlaşuv darajasi sezilarli qisqardi, taşqi qarzga xizmat körsatiş xarajatlari ham kamaydi. Taqqoslaş uçun, söm dollarga nisbatan 2021 yilda 3,4 foizga, 2022 yilda 3,6 foizga, 2023 yilda 9,9 foizga, 2024 yilda esa 4,7 foizga öz qiymatini yöqotgandi.

Oltin narxining oşişi

Yil davomida Özbekiston iqtisodiyotiga eng katta ta’sir körsatgan omillardan biri – oltin narxining keskin kötarilişi böldi. Odatda oltin narxining ösişi iqtisodiy yoki siyosiy bosimlar bilan boğliq böladi. Masalan, 2008 yilgi global moliyaviy inqirozdan keyin qimmatbaho metall 1000 dollarga, pandemiya davrida 2000 dollarga, joriy yilning martida Tramp ma’muriyatining radikal boj siyosati fonida 3000 dollarga çiqqandi. Jahon savdosida noaniqliklar, AQŞ Federal rezerv tizimining mustaqilligi atrofidagi xavotirlar va Qöşma Ştatlarning fiskal barqarorligiga doir şubhalar kuçaygani sabab oktyabr oyida narxlar 4000 dollardan oşdi. Dekabr oyiga kelib esa qimmatbaho metall bahosi 4500 dollardan ham kötarildi. Oltin 2025 yilda 70 foizga qummatlaşdi, bu – oxirgi 46 yil içidagi eng katta ösiş.