Yil yakunlari bank ishiga bo‘lgan tizimli yondashuvni ko‘rsatadi: chakana yechimlar rivoji, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro moliyaviy institutlar ishonchini mustahkamlash va mijozlar hamda mamlakat iqtisodiyoti uchun barqaror moliyaviy muhit yaratish.

Strategik transformatsiya va rebrending

2025 yil kuzida Ipak Yuli Bank yangilangan Think BIG / Katta maqsadlar sari strategik platformasini taqdim etdi. Rebrending bank rivojlanishida yangi — yanada yetuk, keng ko‘lamli va uzoq muddatli maqsadlarga yo‘naltirilgan bosqichni boshlab berdi.

Yangilanish nafaqat vizual aydentikani, balki brend falsafasini ham qamrab oldi: mijozlarning katta maqsadlariga e’tibor, iqtisodiyotning barqaror rivoji va bankning ishonchli moliyaviy hamkor sifatidagi o‘rni. Think BIG platformasi yil davomida amalga oshirilgan asosiy tashabbuslar uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qildi — xalqaro moliyalashtirishdan tortib chakana mahsulotlar ishga tushirilishigacha.

Chakana biznes va mahsulot ekotizimini rivojlantirish

2025 yil mart oyida bank Woman Card — ayollar va ularning kundalik moliyaviy ehtiyojlariga yo‘naltirilgan yangi formatdagi chakana mahsulotni ishga tushirdi. Woman Card bank xizmatlari, hamkorlik takliflari va imtiyozlar tizimini birlashtirib, ayollarni qo‘llab-quvvatlash ekotizimining bir qismiga aylandi.

Mahsulot ishga tushirilishi Visa Awards doirasida Outstanding Women’s Card Launch mukofoti bilan e’tirof etildi. Bugungi kunda Woman Card — 150 000+ mijoz ayollar va chakana savdo, xizmatlar, ta’lim, restoranlar hamda sog‘liqni saqlash sohalaridagi 120+ hamkorni birlashtiradi.

Yilning eng e’tiborga molik mahsulotlaridan biri Visa PUBG MOBILE kartasi bo‘ldi. U yosh auditoriya va geymerlar hamjamiyatiga yo‘naltirilgan bo‘lib, yangi avlod mijozlari bilan dialogni yo‘lga qo‘yishga xizmat qildi. Loyiha Visa Awards’da Gen Z Collaboration — Pioneering in E-sport mukofoti bilan taqdirlandi.

Raqamli tajriba sifati chakana biznes o‘sishining muhim omillaridan biriga aylandi. Ipak Yuli Mobile ilovasi CX Banking Index doirasida First Impression nominatsiyasida kumush, Daily Banking nominatsiyasida esa bronza mukofotiga sazovor bo‘ldi, bu servisning qulayligi va barqarorligini tasdiqlaydi.