Bolgariya 1 yanvardan yevroga ötadi va yevrohududdagi 21-davlatga aylanadi. Tegişli qaror payşanba kuni kuçga kiradi va mamlakatning milliy valuta - Bolgariya levidan voz keçiş böyiça köp yillik yöli yakunlanadi.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen mamlakatni bu qadam bilan tabrikladi:

«Ertaga Bolgariya yevrohududga qöşiladi. Bu muhim qadam köp yillik maşaqqatli mehnat va maqsadga sodiqlik natijasi böldi. Endi bu oddiy tölovlar, qulay sayohatlar va Bolgariya biznesi uçun köplab yangi imkoniyatlarni anglatadi. Tabriklaymiz, Bolgariya! Siz erişgan yutuqlaringiz bilan faxrlanişingiz mumkin».

Yevroga ötiş keskin içki munozaralar fonida sodir bölmoqda. 2025 yilda Bolgariyada milliy valuta - levni saqlab qoliş uçun keng kölamli norozilik kampaniyasi boşlandi: yevro muxoliflari narxlarning keskin oşişi va iqtisodiy suverenitetni yöqotiş tahdididan xavotirga tuşdi.

Şunga qaramay, bir-birini almaştirgan hukumatlar birin-ketin yevrohududga qöşilişga intildi. Islohot tarafdorlarining fikriça, yevro iqtisodiyotni kuçaytiradi, savdoni osonlaştiradi, YeI bilan aloqalarni mustahkamlaydi va mamlakatning taşqi ta’sir, jumladan, Rossiya ta’siriga nisbatan zaifligini kamaytiradi.

Bolgariya sönggi yillarda uzoq davom etgan siyosiy inqirozni boşdan keçirmoqda: korrupsiyaga qarşi namoyişlar konservativ hukumatning qulaşiga olib keldi va mamlakat sönggi beş yil içida sakkizinçi saylov arafasida turibdi.

Iqtisodiy jihatdan Bolgariya uzoq vaqtdan beri yevro bilan çambarças boğlangan. 1990-yillardagi giperinflatsiyadan söng, mamlakat dastlab levni nemis markasiga, keyin esa yevroga boğlab qöydi va valuta barqarorligini nazorat qilişni Yevropa Markaziy bankiga topşirdi. Yevropa Markaziy banki prezidenti Kristin Lagard avvalroq Yevrohududga qöşiliş Bolgariyaga sezilarli ustunliklar berişini aytgan edi - barqaror narxlar va arzonroq moliyalaştirişdan tortib Yevropa Ittifoqi içidagi savdoni soddalaştirişgaça.