AQŞ–Venesuela qarama-qarşiligi kulminatsion nuqtaga yetdi: Amerika Nikolas Maduroni hokimiyatdan ağdarganini da’vo qilmoqda.

3 yanvarga ötar keçasi Venesuela poytaxti Karakasda röy bergan hodisalardan keyin AQŞ prezidenti Donald Tramp Florida vaqti bilan soat tungi 4:21 da özining Truth Social tarmoğida şunday deb yozdi:

“Amerika Qöşma Ştatlari Venesuelaga qarşi yirik hujumni muvaffaqiyatli amalga oşirdi. Prezident Nikolas Maduro xotini bilan birga qölga olinib, mamlakatdan olib çiqib ketildi”.

Oq uy rahbari bu postni e’lon qilganidan keyin bir neça daqiqa ötib telefon qilgan New York Times muxbiriga amaliyot “juda yaxşi rejalaştirilgani”, unda “köplab qoyilmaqom askarlar va mohir kişilar” qatnaşganini aytdi.

“Bu – haqiqatan ham zargarona operatsiya böldi”, dedi Tramp.

Bu amaliyot uçun Kongressdan ruxsat olingani yoki yöqligi hamda Venesuelani endi nima kutayotgani haqidagi savollarga javoban, AQŞ prezidenti bu masalalarga ertalab Mar-a-Lago qarorgohidagi matbuot anjumanida oydinlik kiritişini aytdi.

Arxiv foto: Presidencia / AFP / Getty Images

Qurbonlar

NYT suhbatlaşgan AQŞ rasmiylaridan biri ötkazilgan amaliyotda Amerika tomonidan insoniy yöqotişlar bölmaganini aytdi, lekin venesuelalik qurbonlar masalasiga izoh bermasligini bildirdi.

Venesuela rasmiylari öz bayonotlarida bu hujum sababli bir qança venesuelaliklar halok bölgani va jarohatlanganini aytmoqda. “Qurbonlar soniga hali ham aniqlik kiritilyapti”, – deyiladi Karakasdan berilgan rasmiy bayonotda.

Karakasdagilar Amerika bombalari tinç aholi binolariga urilganini ham ta’kidlayapti, lekin hozirça bunga dalillar keltirilmagan.

Rasmiy ayblov

Nikolas Maduro Venesuela prezidenti lavozimiga 2013 yilda kelgan. U 2019 yilda ikkinçi muddatga qayta saylanganidan beri AQŞ uni qonuniy prezident sifatida tan olmay keladi.