Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar har yili 1,5 foizga kamaytiriladi
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlab qolishga qaratilgan qator chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda. Xususan, atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalarni har yili 1,5 foizga kamaytirish, yirik toifadagi korxonalarda texnologiyalarni to‘liq modernizatsiya qilish va oqova suvlarni tozalash infratuzilmasini 100 foiz yangilash rejalashtirilgan.
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish hamda uning tabiiy tarkibini saqlash bo‘yicha keskin choralar ko‘rish vazifalari qayd etilgan.
Loyihada belgilanishicha, 356-band doirasida atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini har yili 1,5 foizga kamaytirib borish ko‘zda tutilmoqda. Mazkur yo‘nalishda chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, natijada havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni pasaytirish maqsad qilingan.
Shuningdek, 357-bandga muvofiq, atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga kiruvchi 686 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlardagi ifloslantiruvchi texnologiyalarni 100 foiz modernizatsiya qilish rejasi belgilangan. Bu esa ishlab chiqarish jarayonlarida ekologik talablarni kuchaytirish, qo‘llanilayotgan texnologiyalarni zamonaviylashtirish orqali chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan.
Loyihaga kiritilgan 358-bandda esa atrof-muhitga oqova suv chiqaruvchi I va II toifali 425 ta korxona va tashkilotlarda 100 foiz lokal oqova tozalash inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishni ta’minlash vazifasi keltirilgan. Ta’kidlanishicha, mazkur choralar oqova suvlarni mahalliy darajada tozalash imkoniyatlarini kengaytirish, atrof-muhitga tushadigan yuklamani kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, loyihadagi ushbu vazifalar ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholi salomatligi va yashash muhitini yaxshilashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan.
Mavzuga oid
16:48 / 24.02.2026
O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha tajriba loyihasi yaratiladi
18:56 / 22.02.2026
Toshkentda mehmonxona qurish uchun 12 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlandi
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
08:18 / 09.02.2026