Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Sultoniya ko‘chasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi ma’lum qilindi. Shu munosabat bilan 04.01.2026 yil soat 16:00 dan 12.01.2026 yil kuniga qadar ushbu ko‘chada avtoulovlar harakati vaqtincha cheklanadi.

Shuningdek, Sultoniya ko‘chasiga tutash hududdagi Sho‘rtepa, Sho‘rtepa 1-tor va Sultoniya 5-tor ko‘chalarida ham avtoulovlar harakati qisman cheklanishi qayd etildi.

Ushbu hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar o‘z avtoulovlari orqali Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidan harakatlanib kirishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumotda yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan va ishlar yakunlangach, zamonaviy yo‘l tuzilmasida harakatlanish imkoniyati yaratilishi ta’kidlangan.