Boysun tumanida yer qa’ridan qora suyuqlik sizib çiqdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalar aholi xavotirini uyğotgan. Lavhalarda suyuqlik kanal va ariqlarga oqib ketayotganini köriş mumkin. Energetika vazirligi uşbu suyuqlik haqiqatan ham neft ekanini tasdiqladi va tarqaliş oldi olinganini ma’lum qildi.

Vazirlikka köra haqiqatan ham 2025 yil dekabr oyining sönggi kunlarida «M-25» konida tarkibida neft saqlovçi suyuqlik yer yuzasiga çiqiş holati kuzatilgan. Holat tezkor ravişda tegişli idoralar tomonidan nazoratga olingani aytilmoqda.

Neft suyuqligi atrof-muhitga tarqalişining oldini oliş maqsadida kon hududi atrofida hamda yaqindagi soy özani böylab qöşimça himoya hovuzlari barpo etildi. Bu çoralar suyuqlikning keng maydonga yoyilişiga yöl qöymaslikka qaratilgan.

Neft uzluksiz ravişda maxsus maydonga olib çiqilmoqda. U yerda har biri 5 000 kub metr hajmga ega, maxsus izolyatsiyalangan ikkita şlam hovuzi mavjud. Mazkur infratuzilma neft suyuqligini xavfsiz saqlaş va kelgusida samarali foydalaniş imkonini ta’minlaşi ma’lum qilingan.

Neft suyuqligi namunasi böyiça tahlil işlari olib borilmoqda. Natijalar asosida qayta işlaş imkoniyatlari örganiladi, geologik tadqiqotlar esa davom etmoqda. Hozirgi kunda vaziyat doimiy monitoringda va neft suyuqligi jilovlangan. Dastlabki kunlarda çiqib kanallarga oqqan suyuqliklar tozalanmoqda, deyiladi vazirlik munosabatida.

Ma’lumot örnida aytiş mumkinki, 2025 yil noyabr oyida ham «M-25» konida geologik jarayonlar kuzatilgan. 2-3 noyabr kunlari konning 202-son gaz quduğida avvaldan yoqib qöyilgan olov vaqtinça söngan edi. Mutaxassislar bu holatni kondagi tabiiy geologik jarayonlar natijasi deb baho bergan va tezkor ravişda gaz yana yoqib qöyilgan.

Eslatib ötamiz, Boysun tumanida yer ostidan gaz sizib çiqişi aholini bir yarim yildan buyon bezovta qilib kelmoqda. Mutaxassislar esa bu holat tabiiy geologik jarayon ekani, konni jilovlaş harakatlari olib borilayotgani bilan boğlab kelişadi. Biroq bu turdagi suyuqlik çiqişi atrof-muhit va mahalliy aholi uçun qanday ta’sir qilişi, qanday çoralar bilan bu muammo butunlay bartaraf etilişi mumkinligi hali ham savol ostida qolmoqda.