Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestrini yuritish tartibi belgilandi
Adliya vazirligida “Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasiga kiritish mezonlari, ularning moliyaviy hisobotlari va auditiga qo‘yiladigan talablar hamda Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Adliya vazirligi tomonidan “Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasiga kiritish mezonlari, ularning moliyaviy hisobotlari va auditiga qo‘yiladigan talablar hamda Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror (ro‘yxat raqami 3736, 27.12.2025 y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, mazkur hujjat bilan yuqori ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirga ega yirik tijorat tashkilotlari tomonidan yillik moliyaviy hisobotlarni Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) muvofiq taqdim etish talabi yengillashtirildi.
Nizomga ko‘ra, jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar sifatida quyidagilar belgilanmoqda:
- aksiyalari ommaviy savdolarga chiqariladigan tashkilotlar;
- tijorat banklari, mikromoliya banklari, mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari va kafolatlar berish tashkilotlari, to‘lov tizimi operatorlari hamda to‘lov tashkilotlari;
- investitsiya fondlari;
- birjalar;
- aktivlarining balans qiymati BHMning 1 mln baravaridan ortiq hamda mahsulot, tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan yillik sof tushumi va dividend shaklidagi daromadlari birgalikda BHMning 1 mln baravaridan ortiq bo‘lgan davlat ishtirokidagi korxonalar;
- oxirgi 2 yil davomida hisobot yili yakunlariga ko‘ra: aktivlarining balans qiymati BHMning 1 mln baravari va undan ortiq, yillik sof tushumi BHMning 1 mln baravari va undan ortiq, xodimlarining o‘rtacha yillik soni 500 nafardan kam bo‘lmagan tashkilotlar.
Endilikda ushbu mezonlarga tushadigan tashkilotlar Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestriga kiritiladi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur reyestr Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan yuritiladi hamda har yili 1 iyulga qadar Hukumat portali yagona platformasi va Ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025