O‘zbekiston | 16:03 / 06.01.2026
970
2 daqiqa o‘qiladi

Jinoyat sodir etilmagan mahallalar ulushi 40 foizga yetkaziladi

“O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini inson huquq va qadr-qimmatini himoya qilishga yo‘naltirish doirasida ijro ishlariga sun’iy intellektni joriy etish, mahallalarda oldi olinadigan jinoyatlarni kamaytirish hamda yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlar va og‘ir oqibatli YTH sonini qisqartirish bo‘yicha ko‘rsatkichlar nazarda tutilgan.

Foto: mahallakengashi.uz

“O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirish vazifasi belgilangan.

Jumladan, sud va boshqa organlarning hujjatlari ijrosini ta’minlash jarayoniga “sun’iy intellekt” texnologiyalarini joriy etish orqali ijro ishlarining 30 foizini majburlov choralarini qo‘llamagan holda ijrosini ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, har 100 ming aholiga to‘g‘ri keladigan yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarning yillik ko‘rsatkichini kamida 18 foizgacha kamaytirish maqsad qilingan.

Loyihada mahalla hududida oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning har 100 ming aholiga to‘g‘ri keladigan yillik ko‘rsatkichini kamida 54 foizga kamaytirish, shuningdek, jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan mahallalar ulushini jami mahallalar salmog‘ida 40 foizga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, jiddiy oqibatlar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari sonini kamida 50 foizga kamaytirish rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid