Ötgan yilning ilk muhim voqeasi Donald Tramp prezidentlikka qaytgani bölgandi. Bu yil ham Tramp yangi yil kirib kelişi bilan dunyo matbuoti uning nomini aytib bong urişini epladi. Şoumen axir!
Tramp buyruği bilan amerikalik harbiylar 30 million odam yaşaydigan butun boşli davlat prezidenti Nikolas Maduroni öğirladi. Yarim tunda, xotini bilan yotoqxonada uxlab yotgan prezident Maduroni oyoğini yerga tekkizmay olib qoçişdi. Buni heç kim sezmay ham qoldi. Operatsiya şunçalik tez böldiki, dunyo naşrlarida bu haqda xabarlar çiqqanda Nike brendining qimmatbaho kiyimini kiyib olgan Maduro Amerika harbiy kemasida Nyu Yorkka qarab yölga çiqib bölgandi. Köp ötmay tarmoqda xuddi 2003 yil Saddam Husaynni qölga olişgandagi kabi Maduroning ham qöli boğliq rasmlari tarqaldi...
Yaşin tezligidagi operatsiya
Maduroni qölga oliş operatsiyasi katta tezlikda ötkazildi. Voqealar rivojiga qarang: Amerika harbiy kemalari Venesuela qirğoqlariga kiradi, bortdagi vertolyotlar Amerika maxsus xizmatining «Delta» elit bölinmasi harbiylarini olib Karakas tomon uçişni boşlaydi. Yuzlab qiruvçi samolyotlar vertolyotga yöl oçib, havo hujumidan mudofaa tizimlari va boşqa tösiqlarni yöq qilib boradi. Maxsus kuçlar Maduroning qattiq qöriqlanadigan qarorgohiga kuç bilan yorib kirib, prezident va uning xotinini oladi-da, Venesueladan çiqib ketadi. Va eng dahşati – mana şunça voqea yarim soat atrofida bölib ötadi.
Töğri, operatsiyaga tayyorgarlik körilgan, razvedkaçilar, harbiylar tun-u kun uxlamay barça işni pişitib qöygan, lekin Maduroni qölga oliş operatsiyasining asosiy qismi yarim soatda amalga oşadi. Amerikalik harbiylar istagan odamlarini olgaç, okop qazmadi, artilleriyani joylaştirib, Venesuela endi bizniki demadi, «Karakasni uç kunda olamiz» ham demadi, şunçaki operatsiyani yumaloq yostiq qilib, xuddi heç nima bölmaganday mamlakatdan çiqib ketişdi. Yarim soat içida! Agar bunaqasi Hollywood filmlarida bölsa, rejissyorni börttirişda ayblagan bölardik. Axir butun boşli mamlakat prezidentini boşqa mamlakat harbiylari şunça vaqt içida öğirlab ketişiga işonib bölarmidi? Lekin öşa harbiylar Amerika maxsus xizmatlarining «Delta» bölinmasi zobitlari bölsa, bunga işonsa bölarkan.
Maduroni qölga oliş operatsiyasi xuddi Pokistonda Usama bin Lodinni uşlaş amaliyotini eslatdi. Öşanda ham maxsus kuçlar vertolyotda bin Lodinning uyiga kirib nişonni yöq qilişadi-da, arvoh kabi voqea joyidan «juftakni rostlagandi». Ammo bu gal natija ança yaxşi – bin Lodinning jasadini olib ketişgandi, Maduroni tirik, eson-omon, qöliga suv berib olib ketişdi.












