AQŞ Venesuelaga nisbatan dengiz blokadasini olib taşlaşni, biroq uning nefti eksporti ustidan nazorat örnatişni rejalaştirmoqda, deb bildirdi Goldman Sachs bankining energiya böyiça konferensiyasida 7 yanvar, çorşanba kuni AQŞ energetika vaziri Kris Rayt. Uning aytişiça, sotuvdan tuşgan daromadlar Vaşington nazoratidagi hisobraqamlarga ötkaziladi va keyin Venesuela iqtisodiyotini tiklaşga yönaltiriladi. Raytning ma’lum qilişiça, avval AQŞ Venesuela omborlarida saqlanib turgan neftini sotadi, keyin esa “aniq muddat belgilanmagan davr” mobaynida mamlakatda qazib olinayotgan neftini ham sotişda davom etadi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp avvalroq Venesuela AQŞga sanksiyalar ostida bölgan 30–50 million barrel neftni topşirişini aytgan edi. Uning sözlariga köra, xomaşyo bozor narxida sotiladi, tuşgan mablağlar esa “ikki mamlakat xalqlari manfaati uçun” sarflanadi.

“Hozirgidek neft yetkazib berişni bloklaş örniga, biz uni AQŞdagi va butun dunyodagi neft qayta işlaş zavodlariga yetib borişiga yöl qöyamiz — neft ta’minotini yaxşilaş uçun, ammo bu sotuvlarni AQŞ hukumati amalga oşiradi”, — dedi Kris Rayt. U, şuningdek, bu operatsiyalardan tuşgan daromadlar AQŞ hukumati nazorat qiladigan hisobraqamlarga tuşirilişi, keyin esa Venesuelaga “venesuela xalqining manfaati uçun” qaytarilişini qöşimça qildi.

Bloomberg agentligi ma’lumotlariga köra, mablağlarni AQŞ Moliya vazirligi hisobraqamlarida joylaştiriş ularni Venesuela kreditorlaridan himoya qiliş imkonini beradi. Agentlikka AQŞ ma’muriyatining ikki vakili AQŞ mamlakatga nisbatan sanksiyalarni bosqiçma-bosqiç yumşatiş niyatida ekanini aytgan.

Meksika qöltiği sohilidagi köplab Amerikalik neft qayta işlaş zavodlari Venesuelada qazib olinadigan oğir, oltingugurti yuqori neftini qayta işlaşga ixtisoslaşgan. Ilgari ular Venesuela xomaşyosining yirik xaridorlari bölgan, biroq sönggi yillarda AQŞ sanksiyalari tufayli yetkazib berişlar çeklangan.

Tramp Venesuelaning neft sanoatini tiklaşga Amerika kompaniyalarini, jumladan Chevron, ConocoPhillips va Exxon Mobil’ni jalb qilişni rejalaştirmoqda. Venesuela neft sanoati Nikolas Maduro va undan oldingi prezident Ugo Çaves hukmronligi davrida sezilarli darajada tanazzulga uçragan.

Societe Generale’ning xomaşyo bozorlari tahlili böyiça direktori Maykl Xey baholaşiça, 1998 yilda — Çaves hokimiyatga kelgunga qadar — Venesuelada neft qazib çiqariş sutkasiga 3,4 million barrelni taşkil etgan, hozir esa u 1 million barreldan past darajaga tuşib ketgan.