8 yanvardan boşlab Avtomobillarga metan gaz töldiriş kompressor şoxobçalari («metan zapravkalar») soat 10:00 dan 16:00 ga qadar faoliyat yurita boşlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
«Magistral gaz quvurlarida bosim pasayişi kuzatilayotganligi sababli bir qator zarur çoralar körilmoqda. Xususan, birinçi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlaş boş vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Şu bois, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz barqaror ta’minlaş maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelişilgan reja-grafiklarga asosan «metan zapravkalar» faoliyatiga vaqtinça çeklov kiritilmoqda», deyiladi xabarda.
Qayd qilinişiça, Farğona vodiysida «metan zapravka»larning iş vaqti hokimliklar bilan kelişilgan holda, «gaz bosimidan kelib çiqib amalga oşiriladi».
«Buning asosiy sababi — gaz bosimi pasaygan vaqtlarda vazirlik va hokimliklar tomonidan birinçi navbatda aholi, jamoat transportlari hamda ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz (yoqilği) bilan uzluksiz ta’minlaş. Ya’ni, jamoat transportining barqaror işlaşi, ijtimoiy ahamiyatga ega obektlar hamda aholi ehtiyojlarini qondiriş ustuvor vazifa hisoblanadi. Şu bois, gaz ta’minotidagi umumiy holat, bosim darajasi va iste’mol hajmidan kelib çiqqan holda «metan zapravkalar»ning iş rejimi mahalliy hokimliklar bilan kelişiladi. Bu çora gaz resurslaridan oqilona foydalaniş va barqaror ta’minotni ta’minlaş maqsadida amalga oşiriladi», deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça, bu zarur çoralar vaqtinça bölib, gaz bosimini me’yorga keltiriş böyiça amaliy işlar olib borilmoqda.
«Metan zapravkalar» faoliyatiga vaqtinça çeklov 12 dekabrdan boşlab kiritilgan edi. Energetika vazirligi buni «qöşni davlatdagi gaz tarmoğida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargani» bilan izohladi. Şundan söng, 30 dekabrdan barça «metan zapravka»lar 24 soatlik iş rejimiga qaytarilgan edi.

















