Buyuk Britaniya va Fransiya tinçlik kelişuvi tuzilgan taqdirda Ukraina xavfsizligi kafolatlarini ta’minlaş uçun har biri 7500 nafar harbiyni yubormoqçi, deb yozdi The Times manbaga tayanib.

Gazeta ma’lumotlariga köra, Buyuk Britaniya harbiy rahbariyati 10 ming askar yuborişni taklif qilgan, biroq Mudofaa vazirligi Britaniya armiyasining hozirgi sonini hisobga olgan holda (The Times ta’kidlaganidek, 71 mingga yaqin tayyorgarlikdan ötgan askarlar) bu rejani «beqaror» deb hisoblagan.

Kontingentning boşqa qismini fransuz harbiylari taşkil etadi. Hozirça tinçlik şartnomasi tuzilganidan keyin Ukrainaga harbiylarni yuborişga faqat uşbu ikki davlat rozi böldi va kontingentning taxminiy soni «kutilganidan ança kam», deb ta’kidladi The Times.

Gazetaning bir neça suhbatdoşlariga köra, hatto 15 ming kişilik kontingent ham «haddan taşqari optimistik körinadi». Ukrainaning Yevropadagi yana bir yirik ittifoqçisi Germaniya Ukraina yaqinida, ehtimol Polşa yoki Ruminiyada kuçlarni joylaştirişga tayyor, dedi The Times harbiy manbasi.

Şu bilan birga, Ukrainaga yuboriladigan qöşinlarning yakuniy soni hali kelişilmagan va ularni joylaştiriş köplab omillarga, jumladan, öt oçişni töxtatiş şartlariga boğliq böladi, deya ta’kidladi gazeta Britaniya Mudofaa vazirligidagi manbaga tayanib.

6 yanvar kuni Parijda Zelenskiyning Yevropa «köngillilar koalitsiyasi» a’zolari, şuningdek, Tramp muzokaraçilari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner bilan uçraşuvi bölib ötdi. Uçraşuv yakunida uruş tugaganidan keyin Ukrainaga qöşin yuboriş töğrisidagi deklaratsiya qabul qilindi. Uni Zelenskiy, şuningdek, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer imzoladi. Hujjatda xavfsizlik kafolatlarini ta’minlaşi kerak bölgan «köp millatli kuçlar» haqida söz borgan, ammo ularning soni aytilmagan.