Şu tariqa, Germaniyada sörovda iştirok etganlarning har ön nafaridan yettitasi (72 foiz) AQŞning Janubiy Amerikadagi bu mamlakatga harbiy aralaşuvini asossiz, deb hisoblaydi. Respondentlarning har ön nafaridan sakkiz nafari (82 foiz) esa jahon siyosatida “kuçli haq” tamoyilining kuçayişi ularni xavotirga solayotganini aytgan. Şu bilan birga, sörov iştirokçilarining atigi 39 foizi Germaniyaning AQŞ harakatlariga nisbatan “AQŞ prezidenti Donald Trampni qözğatib yubormaslik uçun” ehtiyotkorona ommaviy munosabat bildirgani özini oqlaydi, deb hisoblaydi.
Sörovda qatnaşganlarning aniq yarmi, aksinça, Germaniya va Yevropa Ittifoqi AQŞni oçiq va qat’iy tanqid qilişi tarafdori — hatto bu Tramp bilan munosabatlarni murakkablaştirişi mumkin bölsa ham.
Harbiy operatsiya nemis jamiyatida AQŞ haqidagi tasavvurni yaxşilamadi. Germaniya aholisining faqat 15 foizi AQŞni öz mamlakati uçun işonçli hamkor, deb biladi — bu Deutschlandtrend sörovlari tarixidagi eng past körsatkiç. Taqqoslaş uçun: hozir Fransiyani işonçli hamkor, deb hisoblovçilar 78 foiz, Buyuk Britaniyani — 74 foiz.
Ukrainani işonçli hamkor, deb biluvçilar 40 foizni taşkil etsa, 48 foiz Ukrainaga işonib bölmaydi, deb hisoblaydi. Respondentlarning atigi 9 foizi Rossiyani işonçli hamkor, deb hisoblaydi, 83 foiz esa uni işonçsiz, deb baholaydi.
Sörovda iştirok etganlarning faqat har sakkizinçisi Tramp faoliyatini ijobiy baholaydi — bu hatto uning ikkinçi prezidentlik muddati boşlangan davrdagi darajadan ham past. Şu bilan birga, nemislarning Germaniya—AQŞ munosabatlari ahvoli va AQŞning NATO doirasida xavfsizlik kafolatçisi sifatidagi roli borasidagi xavotiri yuqori darajada qolmoqda.
Ayni paytda Germaniya fuqarolarining yarmidan köproği NATOga kamroq boğliq bölgan Yevropa harbiy ittifoqini şakllantiriş ğoyasini barqaror qöllab-quvvatlamoqda. Bu pozitsiya barça siyosiy partiyalar tarafdorlari orasida keng tarqalgan.
Xalqaro vaziyatning beqarorligi Germaniyada hokimiyatdagi “qora-qizil” koalitsiyaga bosimni kuçaytirayotgani qayd etilgan. Bu koalitsiya tarkibiga Xristian-demokratik ittifoq (XDI) va Xristian-sotsial ittifoq (XSI) bloki, şuningdek Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) kiradi. Saylovçilarning taxminan 84 foizi içki siyosiy vaziyatni xavotirli, deb hisoblaydi. Sörovda qatnaşganlarning faqat har beşinçisi mamlakat hukumati işidan mamnunligini bildirgan.
Iqtisodiy holatga berilgan baholar pastligiça qolmoqda, migratsiya siyosatiga oid masalalar esa ötgan yilga nisbatan xavotir biroz kamayganiga qaramay, hali ham sezilarli işonçsizlik uyğotmoqda. Respondentlarning taxminan yarmi hukmron koalitsiya yaqin bir yil içida saqlanib qolişi mumkin, deb hisoblasa, deyarli şunça kişi uning parçalanişini kutayotganini aytgan.









