Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, hisobot davrida ta’lim sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 34,2 trln sömga yetgan. Bu körsatkiç 2024 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 8,8 foizga ösgan.

Şu bilan birga, ta’lim sohasida körsatilgan mazkur xizmatlar hajmi mamlakatda jami körsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,7 foizini taşkil etgani ma’lum qilindi.

E’tiborli jihati, ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim sohasi ustunlik qilib, umumiy hajmdagi uluşi 46,8 foizni taşkil etgan. Bu esa ta’lim bozorida xizmatlar kölami böyiça deyarli har ikki sömning biri oliy ta’lim hissasiga töğri kelayotganini anglatadi.

Milliy statistika qömitasi ma’lumotlarida qayd etilişiça, ta’lim xizmatlari hajmi va unda oliy ta’lim segmentining yuqori uluşi ta’limga bölgan talab hamda sohadagi xizmatlar kölami kengayayotganini aks ettiradi.