Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi duşanba kuni Donald Trampning tahdidlariga javoban Islom respublikasi AQŞ bilan uruşga ham, muzokaralarga ham tayyorligini ma’lum qildi. Xorijda işlovçi eronlik huquqbonlar namoyişlar boşidan buyon yuzlab kişilar halok bölganini xabar qilişmoqda va bu raqamlar aslida minglab bölişi ham mumkinligi ta’kidlanmoqda. Mamlakatda internet töliq öçirilgani tufayli yakuniy raqamlarni tasdiqlaşning imkoni yöq.

Qurbonlar soni oşmoqda

Qarorgohi Norvegiyada joylaşgan Iran Human Righs (IHR) huquq taşkiloti duşanba kuniga kelib Erondagi töqnaşuvlar çoğida halok bölganlar soni kamida 648 kişini taşkil etayotgani haqida xabar berdi.

Huquq faollari qurbonlarning asl soni ança kattaroq bölişi va olti ming nafargaça yetişi mumkinligini taxmin qilişgan, ammo mamlakatda internet öçirilgani tufayli ölim holatlari haqidagi köplab xabarlarni tekşirib bölmayapti.

28 dekabr kuni avvaliga iqtisodiy muammolar tufayli boşlangan namoyişlar köp ötmay Eron hukmron rejimi tarixidagi eng jiddiy tahdidlardan biriga aylandi.

Yanvar oyi boşidan kuçişlatar tuzilmalar namoyişlarni kuç bilan bostirişga kirişdi. Muxolifatçilarning aytişiça, rasmiylar qatağon kölamini yaşiriş uçun ham internetni öçirişgan.

Sönggi kunlarda mamlakatda rejim tarafdorlari ham köçalarga çiqa boşlagan.

AQŞ prezidenti Donald Tramp yakşanba kuni Eron rahbariyati vakillari muzokaralar ötkaziş taklifi bilan aloqaga çiqqanini ma’lum qildi. Sönggi haftalarda Tramp bir neça bor AQŞ vaziyatga aralaşişi bilan tahdid qilgandi.

«[Ammo] biz bu uçraşuvdan oldinroq boşlab yuborişimizga töğri kelişi mumkin», – degandi Tramp.

«Eron Islom respublikasi uruşga intilmaydi, ammo unga töliq tayyor, – dedi taşqi işlar vaziri Abbos Araqçi Tehronda davlat televideniyesi orqali namoyiş etilgan xorijiy elçilarning konferensiyasida. – Biz muzokaralarga ham tayyormiz, lekin bu muzokaralar adolatli, teng huquqli va özaro hurmatga asoslangan bölişi kerak».

Mamlakat taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiy Araqçi hamda Trampning Yaqin Şarq böyiça maxsus vakili Stiv Uitkoff örtasida aloqa örnatilganini ma’lum qilgan. AQŞ va Eron örtasida diplomatik munosabatlar yöq – AQŞning Erondagi fuqarolari masalalari bilan Şveytsariyadagi elçixona şuğullanadi.