Daniya Grenlandiyaga harbiy xizmatçilarni köçirişni boşladi, şundan söng NATO ittifoqçilarining kuçlari orolga yönaltirilişi kutilmoqda, deb xabar berdi Euractiv portali.

«Daniya DR teleradiokompaniyasi xabariga köra, Daniya qurolli kuçlarining ilğor bölinmasi allaqaçon Grenlandiyaga yetib bordi va yirik bölinmalarni joylaştiriş uçun zamin tayyorlaydi», deyiladi xabarda.

Naşrning qayd etişiça, Grenlandiya va Daniya rasmiylari orolda harbiy iştirokni kengaytiriş, şuningdek, 2026 yil davomida ittifoqçilar bilan maşğulotlar ötkazişni davom ettirişni e’lon qilgan.

«Grenlandiya aholisi köproq harbiy samolyotlar, qöşinlar va kemalarni, şu jumladan NATO ittifoqçilarini körişga tayyor bölişi kerak», deb portal Grenlandiya hukumati saytida e’lon qilingan bayonotidan iqtibos keltirdi.

Yanvar oyi boşida AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington u yoki bu yöl bilan Grenlandiya ustidan nazoratni qölga olişini aytgandi.

«Agar buni yaxşi yöl bilan amalga oşiriş mumkin bölsa, juda yaxşi. Agar yöq bölsa, demak, biz buni qattiqroq usulda amalga oşiramiz», dedi u.

Şuningdek, Tramp Daniya tomonidan Grenlandiya qanday himoya qilinayotganini ham istehzo bilan gapirdi.

«Yaqinda Daniya Grenlandiyada xavfsizlikni kuçaytiriş uçun nima qilganini bilasizmi? Yana bitta itlar çanasini qöşdi. Bu haqiqat. Ular buni ajoyib yuriş deb hisoblaydi...», dedi Tramp jurnalistlarga.