Venesuelada hokimiyat uzoq yillardan beri siyosiy va harbiy amaldorlardan iborat kiçik, biroq nihoyatda qudratli guruh tomonidan nazorat qilinadi. Ular keng tarmoqli, öziga sodiq xavfsizlik idoralari tomonidan qöllab-quvvatlanadi. Bu tizim AQŞ Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hokimiyatdan ağdarganidan keyin ham saqlanib qoldi.

AQŞ harbiylari öğirlab ketgan Maduroning özi Nyu-Yorkda narkoterrorizm ayblovlari bilan hibsda saqlanmoqda. Uning örniga vorisi vaqtinçalik rahbar sifatida qasamyod qildi.

Xöş, bugun Venesueladagi eng qudratli şaxslar kimlar? Boşqa mamlakat kelajagini belgilayotgan AQŞ amaldorlari-çi, ular kimlar? Reuters naşri uşbu şaxslarning har biriga töxtalib ötdi.

Venesueladagi siyosiy doiralar

Delsi Rodriges – Venesuelaning vaqtinçalik prezidenti. U Maduroning sobiq vitse-prezidenti bölgan, hozir esa AQŞ nazorati ostida mamlakatni boşqarmoqda.

Foto: Reuters

Delsi xonim tajribali huquqşunos va uzoq yillik partiya amaldori. Vitse-prezident, neft va moliya vaziri bölgan paytda töplagan iqtisodiy qudrati uçun kinoyali tarzda «orqa fondagi hukmdor ayol» (tsarina) deb ataladi. U Maduroning hukumatida işlagani uçun rasmiy sanksiyalar ostida, biroq hozirça AQŞ işonçini qozongan. AQŞ neft kompaniyalari nazarida esa mamlakatning yemirilgan energetika infratuzilmasini tiklaşda eng qulay hamkor hisoblanadi.

Xorxe Rodriges – Milliy Assambleya raisi, amaldagi boşqaruvçi Delsi Rodrigesning ukasi. U Venesuela parlamentiga rahbarlik qiladi, u yerda esa hukmron sotsialistik partiya mutlaq ustunlikka ega.

Xorxe AQŞ va muxolifat bilan muzokaralarni yuritgan. Saylov şartlari va mahbuslar almaşinuvi böyiça kelişuvlarga boşçilik qilgan. Çet el hukumatlari uni pragmatik muzokaraçi deb biladi. U xorijiy kompaniyalar uçun neft qonunçiligini özgartiriş jarayonini boşlaşi mumkin.