Özbekiston fuqarolariga xorijda yuqori daromadli iş örinlarini topib beriş – navbatdagi ustuvor vazifa sifatida belgilab berildi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 15 yanvar kuni Taşqi işlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati yuzasidan ötkazilgan yiğilişda ma’lum qildi.
Prezident ilgari mamlakat fuqarolar asosan 2-3 ta davlatga borib işlagan bölsa, hozir taşkiliy migratsiya asosida 30 dan ortiq davlatda mehnat qilayotganini ta’kidladi.
Misol uçun, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya kompaniyalari mutaxassislarga talabidan kelib çiqib, Özbekistonda öquv kurslarini taşkil etdi.
Xususan, Yaponiyadagi kompaniyalardan biri quriliş, haydovçilik, mehmonxona va restoran xizmati yönalişlarida «10 ming nafar özbek mutaxassisini jalb qiliş» loyihasini boşlagan. Şuningdek, Buyuk Britaniyaga mavsumiy işçilarni yuboriş amaliyoti yölga qöyilgan.
Şu bilan birga, qator mamlakatlardagi elçilar bunday tajribani boşqa davlatlar bilan yölga qöyiş böyiça taşabbus körsatmayotgani qayd etildi. Masalan, çetdan işçi kuçini faol jalb etayotgan Avstriya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Çexiya, Saudiya Arabistonidagi elçilarning mazkur yönalişdagi işlari qoniqarsiz ekani körsatib ötildi.
Tahlillarga köra, bugungi kunda Şvetsiya, Daniya va Norvegiyada 300 ming işçilarga ehtiyoj bor.
Norvegiyalik iş beruvçilar bu yilning özida 3 ming fuqaroni özlari öqitib, ularga Yevropa standartlari asosida sertifikat berişga tayyor. Yoki Şvetsiya grant ajratib, ijtimoiy xodimlarni tayyorlaş va joriy yilning özida 500 nafarini işga oliş taklifini bermoqda.
Mutasaddilarga Şvetsiya, Daniya va Norvegiya bilan kelişuvga erişib, Özbekiston fuqarolarini yuqori daromadli iş örinlariga yuboriş muhimligi ta’kidlandi.
Umuman, Şvetsiya va Latviyadagi elçilar bilan birgalikda Şimoliy Yevropa davlatlari bilan taşqi mehnat migratsiyasi borasida hamkorlik dasturini işlab çiqiş topşirildi.
Şuningdek, 2025 yili AQŞ hukumati qişloq xöjaligi işçilari uçun maxsus viza olişni soddalaştirganiga e’tibor qaratilgan.
Uşbu mamlakatdagi elçiga AQŞdagi mavsumiy işçilar jalb qilinadigan davlatlar röyxatiga Özbekistonni kiritiş böyiça muzokaralar ötkaziş topşirildi.
Bundan keyin har bir viloyat hokimi işçi kuçi qabul qiluvçi rivojlangan davlatlar hududlari bilan töğridan töğri işlaş amaliyotini yölga qöyişi kerakligi qayd etildi.

















