2025 yilning 3-çoragida Özbekistonning umumiy taşqi qarzi 3,2 mlrd dollarga köpayib, 1 oktyabr holatiga 75,4 mlrd dollarga yetdi. Bu – Markaziy bank hisobotida keltirilgan.
Umumiy taşqi qarz 1 yil içida (2024 yilning 1 oktyabri bilan taqqoslaganda) 15,2 mlrd dollarga, 2025 yil 1 yanvarga nisbatan esa 11,3 mlrd dollarga köpaygan.
Taşqi qarzlarning 37,4 mlrd dollari – davlat qarzi, 38,0 mlrd dollari – korporativ taşqi qarzlardir.
Qayd etiş lozim, korporativ taşqi qarzlarning ham aksariyat qismi garçi bevosita davlat kafolati ostida jalb qilinmagan bölsa-da, davlatga qaraşli yirik kompaniyalarning xalqaro obligatsiyalari hissasiga töğri keladi.
Joriy operatsiyalar hisobi
9 oy yakuni bilan joriy operatsiyalar hisobi 207,3 mln dollar manfiy saldo bilan şakllandi. Taqqoslaş uçun, 2024 yilning 9 oyida bu körsatkiç manfiy 3,1 mlrd dollar bölgandi.
Markaziy bankning izohlaşiça, bu tendensiya – eksportning importga nisbatan yuqori sur’atlarda ösişi va xalqaro pul ötkazmalari hajmining sezilarli oşişi bilan boğliq.
Xususan, eksport ötgan yilning mos davriga nisbatan 32,8 foizga ösib, 26,1 mlrd dollarni taşkil etgan. Import hajmi esa 15,4 foizga oşib, 36,7 mlrd dollarga yetgan. Natijada 9 oylik savdo balansining manfiy saldosi ötgan yilning mos davriga nisbatan 12,6 foizga kamayib, 10,6 mlrd dollarni taşkil etgan.
Eksport tuşumlarining ösişiga jahon bozorlaridagi narxlar va norezidentlarga körsatilgan xizmatlar hajmining köpayişi ta’sir körsatgan. Jumladan, Jahon banki ma’lumotiga köra, 2025 yilning yanvar-sentabr oylarida oltinning örtaça narxi ötgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga, kumuş narxi 29 foizga, mis narxi 5 foizga ösgan.
Moliyaviy hisob
Markaziy bank ma’lumotiga köra, 2025 yilning 9 oyi davomida Özbekistonga













