Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Grenlandiya tufayli Yevropa Ittifoqi va AQŞ örtasidagi munosabatlar keskinlaşuvi fonida Davosda bölib ötgan Jahon iqtisodiy forumida nutq sözladi. Quyida uning nutqi mazmuni qisqaça keltiriladi.

Biz qoidalarsiz dunyo tomon ketyapmiz. Mojarolar odatiy holga aylandi. 2024 yilda dunyoda 60 dan ortiq uruş bölgan – bu mutlaq rekord. Imperiya ambitsiyalari yana yuzaga çiqmoqda. Yagona qonun – kuçlilar qonuni bölib qoldi. Hamkorlik öz örnini raqobatga böşatib berdi. Fransiya va Yevropa hududiy suverenitet va mustaqillik tamoyillariga sodiqdir. Bu zamondan orqada qoliş emas – bu Ikkinçi jahon uruşi saboqlarini unutmaslikdir. AQŞ tomonidan majburan joriy etilgan savdo kelişuvlari Yevropani zaiflaştiriş va böysundirişga qaratilgan. Bojlar suverenitetga bosim ötkaziş vositasi sifatida qöllanmoqda. Bunga umuman yöl qöyib bölmaydi. Biz himoyalanişimiz kerak – va bunday mexanizmlar bizda bor. Bugun yevropaliklar juda soddalik qilişmoqda: boşqa mamlakatlar teng raqobat şartlariga rioya qilmayotgan paytda faqat biz öz kompaniyalarimiz va bozorlarimizni himoya qilmayapmiz.