Andijon viloyati hokimining sobiq örinbosari Botirjon Hamroyev ozodlikka çiqdi. Apellsiya sudi 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan sobiq “zamhokim”ga tayinlangan jazoni zarar qoplangani uçun özgartirdi.

Kun.uz tanişgan sud ajrimida keltirilişiça, Botirjon Hamroyev bilan boğliq jinoyat işi doirasida qariyb 30 kişi sudlangan. Ularning bir neçtasi Andijon viloyatidagi turli MÇJlar vakillari bölsa, aksariyati “Agrobank” ATB Andijon viloyat boşqarmasi mansabdorlari hisoblanadi.

Sud hukmiga köra, hududdagi MÇJlardan birining ta’sisçisi “Agrobank” ATB tomonidan issiqxonalar barpo etiş uçun ajratilişi belgilangan imtiyozli kreditdan foydalaniş bilan boğliq munosabatlarni töliq qölga kiritiş orqali daromad orttirişni rejalaştirgan. U buning uçun Andijon viloyat hokimligi va “Agrobank” ATB Andijon viloyati boşqarmasi mansabdor şaxslarini issiqxona komplekslarini mahalliylaştirgani, har qanday miqdorda yetkazib berişi mumkinligiga işontirgan. Şundan söng uyuşgan guruh a’zolari örtasida vazifalar taqsimlangan. Botirjon Hamroyev ham uşbu uyuşgan guruh a’zosi bölgani keltirilgan.

Sud hujjatida qayd etilişiça, Botirjon Hamroyev mahalliy hokimlik idorasi mansabdor şaxsi sifatida ajratilayotgan imtiyozli kredit mablağlarini faqatgina muayyan jamiyatga yönaltiriş hamda kredit ajratilişini jadallaştiriş borasida “Agrobank” ATB Andijon viloyati boşqarmasi mansabdor şaxslariga körsatmalar berib borgan.

JIB Yunusobod tuman sudining 2025 yil 8 iyuldagi hukmi bilan Botirjon Hamroyev 7 ta epizod böyiça oqlangan. U Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a,v” bandlari bilan aybli deb topilgan hamda 3 yil mahalliy hokimiyat organlari tizimida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda 7 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga tortilgan.

Toşkent şahar sudi axborot xizatining ma’lum qilişiça, JIB Yunusobod tuman sudi tomonidan mansab vakolatini suiiste’mol qiliş, özganing mulkini özlaştiriş yoki rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qiliş va boşqa jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan jami 29 nafar sudlanuvçiga oid jinoyat işi körilib, sudning 2025 yil 8 iyuldagi hukmi bilan tegişli jazolar tayinlangan.

Sud hukmiga nisbatan tuman prokurorning protesti va sudlanuvçilarning şikoyatlariga asosan jinoyat işi Toşkent şahar sudi apelletsiyasi instansiyasida körilib, hukmning 24 nafar sudlanuvçiga tegişli qismlari özgartirilgan.

Xususan, Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2025 yil 26 dekabrdagi ajrimiga asosan birinçi instansiya sudi hukmi bilan Botirjon Hamroyevga tayinlangan jazo jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar qoplangani munosabati bilan iş haqining 20 foizini davlat daromadiga undirib boriş şarti bilan 2,5 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosiga özgartirilgan.