Suriyada Rojava nomi bilan tanilgan kurdlar muxtoriyati tugatildi. U qariyb 14 yil mobaynida mavjud bölib, Başar Asad rejimi, suriyalik işidçilar hamda turklar homiyligidagi «proksi» kuçlarning hujumlariga bardoş berib kelgandi. Ular IŞID ustidan ğalaba qozongan – va «demokratik konfederalizm» namunasiga aylangandi. Ahmad aş-Şar’a rahbarligidagi kuçlar Asad hokimiyatini ağdargaç, Rojava taşqi qöllovdan, birinçi navbatda Amerika yordamidan mahrum böldi. Suriyaning yangi rejimi bir yil mobaynida kuç töpladi va yanvar oyida qat’iy hujumga ötdi. Muxtoriyat ikki hafta qarşilik körsatdi va keyin amalda töliq taslim böldi.

Rojavani kurdlar muxtoriyati deb ataş u qadar töğri emas: kurdlar bu hudud aholisining yarmidan biroz köproğini taşkil etib, arablar, ossuriyaliklar, turkmanlar va boşqa xalqlar bilan tinç-totuv yaşab kelişgan. Muxtoriyat asosan kurd köngillilari ustunlik qilgan qurolli guruhlar koalitsiyasi – Suriya demokratik kuçlari (SDF abbreviaturasi bilan maşhur) tomonidan taşkil etilgan. Siyosiy işlar bilan esa Demokratik ittifoq şuğullangan – bu amalda özini özi mudofaa qiliş otryadlarining siyosiy qanoti hamda Kurdiston işçilar partiyasining Suriyadagi bölimi hisoblangan.

Rojavadagi muhim ramziy figura Abdulla Öjalan edi – u Kurdiston işçilar partiyasi yetakçisi bölib, ayni damda Turkiya qamoqxonasida saqlanmoqda. Eng maşhur şior Öjalan tomonidan ilgari surilgan «Ayol, hayot, erkinlik» şiori bölgan. Rojava nomining özi esa kurdçada «ğarb» degani.

Turkiya şarqidagi Diyorbakirda ötkazilgan mitingda Abdulla Öjalan portretini kötargan namoyişçilar
Sertac Kayar / Reuters / Scanpix / LETA

Muxtoriyat 2012 yilda, Suriyada fuqarolik uruşi boşlangan davrda, Suriya şimoli-şarqidagi hududda, Frot daryosining narigi sohilida (Frotorti mintaqasi) taşkil etilgan. 2013 yilda IŞIDning asosiy zarbasi aynan mazkur hudud böylab berilgandi. Mintaqadagi eng yirik şahar hisoblangan Raqqa öşanda IŞID poytaxtiga aylanadi. Ammo guruh baribir hudud ustidan töliq nazorat örnata olmaydi va bunga birinçi navbatda SDF kuçlari, ya’ni kurdlar va ularning ittifoqçilari qarşiligi tufayli erişiladi.

IŞIDga qarşi uruşda AQŞ, Rossiya, Eron va boşqa köplab mamlakatlar ham iştirok etgan, ammo bu davlatlar asosan havo zarbalari yöllaş bilan çeklangan, quruqlikda esa SDF jang qilgandi. Ularni asosan AQŞ qurollantirgan va moliyalaştirgan. 2015 yil yanvarida SDF kuçlari Kobani ostonasida IŞIDning Suriya şimoliga yurişini töxtatadi, 2017 yil oktyabrida esa Raqqani qaytarib oladi – bu amalda IŞIDning töliq mağlubiyatini edi.