AQŞ prezidenti Donald Tramp Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida qilgan nutqida Grenlandiya ustidan nazoratni qaytariş haqidagi gaplari uçun yaxşi fikrlar olganini ma’lum qildi.
«Yaxşi nutq böldi. Biz ajoyib fidbeklar oldik. Işongim kelmayapti. Biz yaxşi fidbeklar oldik. Odatda bunday nutqdan keyin „u qörqinçli diktator“ deyişadi. Ha, men diktatorman. Lekin ba’zida diktator ham kerak böladi. Ammo bu holatda ular bunday deyişmadi. Va bu endi soğlom fikr. Barçasi soğlom fikrga asoslangan», – dedi Tramp 21 yanvar kuni jurnalistlar qarşisida çiqiş qilar ekan.
Trump: "Usually they say, 'he's a horrible dictator-type person.' But sometimes you need a dictator." pic.twitter.com/Mi11DZx0u3
— Aaron Rupar (@atrupar) January 21, 2026
Davosdagi nutqida Donald Tramp Daniya avtonom hududi hisoblangan Grenlandiyani Şimoliy Amerikaning bir qismi deb atadi. U dunyoning eng katta orolini taşqi hujumdan faqat AQŞ himoya qila olişini ta’kidlab, Grenlandiyaga egalik huquqini Qöşma Ştatlarga topşirişni talab qildi.
Forumdagi çiqişidan keyin Tramp NATO boş kotibi Mark Ryutte bilan uçraşuv ötkazdi, muzokaralardan keyin NATO bilan Grenlandiya masalasidagi kelişuv jihatlari böyiça kelişib olganini aytdi.
Donald Tramp bir yil muqaddam, 2025 yil 21 yanvarda prezidentlikka qaytgan kunida özini diktator deb hisoblamasligini aytgandi. «Meni şunday deb ataşlarini tasavvur ham qila olmayman», – degandi u. Şundan söng Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni «diktator» deb atadi, şu bilan birga bu atamani RF prezidenti Vladimir Putinga nisbatan qöllaşdan boş tortdi. «Men bu sözni işlatişda yengiltaklik qilmayman», – degandi Tramp 2025 yil fevralida.











