Sud matbuot bayonotiga köra, “Moskva” kreyseriga hujum vaqtida ekipajning 20 a’zosi halok bölgan, yana 24 kişi yaralangan, 8 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanadi. Sud matbuot xizmati xabarida aytilganidek, dengizçilarning halok bölişi portlaş, yonğin va tutunlaniş oqibatida sodir bölgan, şu jumladan, kemani saqlab qoliş (yaroqliligini ta’minlaş) uçun kuraş jarayonida ham — bu kuraş 6 soatdan ortiq davom etgan.

“Mediazona” ta’kidlaganidek, uşbu ma’lumotlar keltirilgan press-reliz e’lon qilinganidan köp ötmay sud saytidan öçirib taşlangan. Öşa xabarda “Admiral Essen” fregatiga zarba natijasida 1 kişi yaralangani ham körsatilgan edi.

Bungaça Rossiya rasmiylari “Moskva” kreyserida halok bölganlar soni haqida rasmiy ma’lumot e’lon qilmagan.

Hodisadan keyin Rossiya Mudofaa vazirligi kreyser öq-dorilar detonatsiyasiga sabab bölgan yonğin natijasida çökkanini bildirgan edi.

Ukraina manbalari esa kema “Neptun” turidagi ikkita kemalarga qarşi raketa bilan urib tuşirilganini aytgan.

2022 yil kuzida Sevastopoldagi sud harbiy qism qömondoni va ota-onalar arizalari asosida “Moskva”da xizmat qilgan 17 dengizçini halok bölgan deb topgan edi. Ulardan ayrimlari muddatli harbiy xizmatçilar bölgan.